“Javobgarlikka tortiladigan bo‘ldi”

Date:

Bozor-o‘char qilish ayollarning sevimli mashg‘uloti desa ham bo‘ladi. Mahsulot xarid qilayotib, sifat belgisiga, amal qilish muddatiga, albatta, e’tibor beramiz. Axir, yaqinlarimizga eng, eng sara mahsulotlarni baham ko‘ramiz-da. Go‘sht mahsulotlari sotiladigan rastalar yoniga kelganimizda esa har doim ham tegishli labaratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilganligi haqidagi ruxsatnomani so‘rayvermaymiz. Ammo, iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari sog‘lik uchun katta xavf tug‘dirishi siz-u bizga yaxshi ayon. Ayni shu maqsadda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda bir guruh tashkilotlar hamkorligida Termiz shahridagi oziq-ovqat dehqon bozorida reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Termiz shahrida yashovchi fuqaro X.B. noma’lum sharoitda so‘yilgan 55 kilogramm miqdoridagi yirik shoxli mol go‘shtini sotish uchun olib kirayotgan vaqtida ushlanib, viloyat laboratoriya xulosasiga asosan iste’molga yaroqsizligi aniqlandi va Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.
Go‘sht mahsuloti egasiga nisbatan esa tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, ma’muriy javobgarlikka tortiladigan bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogoh bo‘ling!

Mart oyi FVV tizimida sel, toshqin va ko‘chki hodisalaridan...

Yosh iqtidorlar saralandi

Termiz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa...

Qumqo‘rg‘onda yangi dehqon bozori

Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon” mahallasida avvalgi “Oqsoy buyum bozori”...

Fidoyi mehnat e’tirofi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat va...
KunTun
KunTun