Xalqlar do‘stligi kuni!

Date:

Dunyoning barcha mamlakatlarida 30-iyul — Xalqaro do‘stlik kuni sifatida nishonlanadi. Bu kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2011-yilda qabul qilingan. Bayramning maqsadi oddiy va tushunarli – turli din va madaniyat vakillarini birlashtirish, o‘zaro hamjihatlik va nizolarni yo‘q qilishga yordam berishdan iborat.

O‘zbekistonda 30 iyul xalqlarni birdamlikka, do‘stlikka chorlagan kun sifatida har yili nishonlanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Shuningdek, 16 diniy konfessiya, 141 milliy madaniy markaz, 36 do‘stlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. Prezidentimiz farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida “Do‘stlik uylari” tashkil etilgan. Surxondaryo viloyatidagi “Do‘stlik uyi” binosida rus, tojik va turkman milliy madaniyat markazlari joylashgan.
Xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashda milliy madaniyat markazlarining faoliyati katta o‘rin tutadi. O‘tgan yili Surxondaryo rus madaniyat markazi 25 yoshga to‘ldi. O‘tgan yillar davomida markaz nufuzli jamoat tashkilotiga aylandi. Markazning yillik rejasida O‘zbekiston va Rossiyaning muhim sanalari va atoqli shaxslariga bag‘ishlangan ko‘plab madaniy-ma’rifiy mavzulardagi tadbirlar o‘rin olgan.
Markaz viloyatning ijtimoiy hayotida doimo faol. “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” festivali doirasida amaliy san’at va hunarmandchilik asarlari ko‘rgazmalari, badiiy havaskorlik chiqishlari, muhim bayram sanalari munosabati bilan davra suhbatlari, konsert dasturlari tashkil etish an’anaga aylangan. Muhtojlarga, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga, yolg‘iz keksalarga ko‘mak ko‘rsatish, har yili o‘tkazib kelinayotgan ezgu ishlar o‘n kunligi alohida e’tiborga loyiqdir.
Rus madaniyat markazi hech qachon faqat ruslar uchun xizmat qilmagan. Markaz ustavida fuqaroligiga qarab a’zolikka hech qanday cheklovlar yo‘q. Bugun esa faollarimiz, hattoki, hay’at a’zolari orasida o‘zbek, tatar, ukrain va boshqa millat vakillarini ko‘rish mumkin. Bu esa turli millat vakillarining rus madaniyatiga, adabiyotiga doimo qiziqishidan dalolat. O‘z navbatida, biz ham boshqa milliy markazlar hayoti bilan jiddiy qiziqamiz. Sana munosabati bilan rus madaniyat markazi tashabbusi bilan Termiz shahridagi madaniyat markazida “Biz bir oiladek do‘stlikda yashaymiz!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. 
Viloyat hokimligi vakili Rustam Choriyev barchani bayram bilan tabriklar ekan, ushbu bayramning ahamiyati, mana shunday murakkab davrda doimo ogoh, e’tiborli bo‘lish, barqarorlikni muhofaza qilish, ma’naviyatni yanada mustahkamlashda bebaho boylik ekanini ta’kidladi. 
Bayram kontsertini Noila Pirmatova va Svetlana Morozova boshchiligidagi rus madaniyat markazining “Jarqo‘rg‘on” guruhi tayyorlab kelgan “O‘zbekiston” vatanparvarlik spektakli bilan ochib berishdi. Spektakldan so‘ng jo‘shqin tatar raqsini ijro etishdi.
Lusiya Kazakova rahbarligidagi Rus madaniyat markazining “Denov” guruhi tinchlik va ezgulik haqidagi ibratli qo‘shiqlari bilan zalda yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tojik va turkman madaniyat markazlari o‘zlarining qiziqarli xalq o‘yinlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etdi.Rus madaniyat markazining yosh havakorlarining chiqishlari-da tomoshabinlar hukmiga havola etildi.Termiz shahridagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining “O‘zbegim” milliy raqsi hamda tortiq etilgan milliy o‘zbekona taomlar ham e’tibordan chetda qolmadi.
– Millatlararo totuvlik muhimligini anglagan holda ushbu tadbirni tashkil etishda ko‘maklashganlarga chin dildan minnatdorchilik bildiraman. O‘ylaymanki, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar tufayli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik yanada mustahkamlanadi, – deydi “Do‘stlik” ordeni sohibasi, MHM Muzrobod guruhi rahbari Svetlana Jumayeva.  – Maʼlumki, ayni damda dunyoning turli mintaqalarida millatlararo ziddiyat kuchaymoqda, millatchilik, diniy murosasizlik avj olayotgan murakkab sharoitda mamlakatimizdagi turli millat va din vakillari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash biz uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlik, tinchlik, o‘zaro hamjihatlik va xayrixohlik ramzidir. Bayram munosabati bilan milliy madaniyat markazlari va do‘stlik jamiyatlari vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Surxondaryo turkman madaniyat markazi raisi Ergash Avazovning  “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangani bizni ham quvontirdi. Bu bizning faoliyatimizga, xizmatimizga berilgan yuksak bahodir. Bu baho bizni ruhlantiradi, umumiy faoliyatimizda milliy g‘oya yaratish va mamlakatimizdagi barcha xalqlarni O‘zbekiston degan yagona davlatga birlashtirish yo‘lida buyuk xizmatlarga chorlaydi.

Nina Fedorova,
Rus madaniyat markazi raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“UY”INI TOPOLMAYOTGAN GAPLARyoxud ijtimoiy tarmoqlar tarbiyasidagi oilalar

Bugungi kunda oilalardagi notinchlik, ajrimlar sonining ko‘payishi nafaqat individual...

EGASIDA QOLGAN SOVG‘A

YAPONIYANING POYTAXTDAN UNCHA UZOQ BO‘LMAGAN BIR QISHLOG‘IDA KEKSA SAMURAY...

Kichik mehmonxonalar qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan tuman va shaharlarda kichik mehmonxonalar qurish...

Mamontlar qaytadimi?

AQShda 2028-yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirishmoqchi. Mamontchaning tug‘ilishi uchun...
KunTun
KunTun