O‘tkirbek ikkinchi o‘rinda

Date:

Turli san’atlarni o‘zida birlashtira olgan dzyudo sport turi kishini qaramlikni yengishga, kuchini to‘g‘ri yo‘naltira olishga o‘rgatadi. Jang atiga 4-5 daqiqa davom etsa-da, bu muddat ichida dzyudochi o‘z imkoniyatlarini ko‘rsata oladi. Tomoshabin qaqshatqich zarbalarni, ayovsiz kurashni kuzatmas, ammo jarayondan zavq oladi.
Dyudo o‘zbek kurashiga o‘xshab ketadi. Shuning uchun ham tezda ommalasha olgan. Bu yo‘nalishdagi muvaffaqiyat va natijalarimiz esa maqtanarli. Ushbu sport turi bo‘yicha bo‘ladigan chempionatlarda esa o‘zbekistonlik yoshlar-da, yuqori pog‘onalarni zabt etib kelmoqda.

Ayni kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan Dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati ham dzyudochilarning o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun bir imkon bo‘ldi. Chempionatda surxondaryolik Termiz davlat universiteti talabasi O‘tkirbek To‘rayev ham bor. Dzyudochining puxta tayyorgarlik ko‘rganini u o‘tkazgan janglardan bilish mumkin. Mehnatlari besamar ketmay, O‘tkirbek +100 kilogramm vaznda 2-o‘rinni egalladi. Albatta, zo‘rlar ichra kuch sinashmoqlikning o‘zi ham mardlik, jasorat.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarning sanoatga qiziqishi oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosi...

Ishlar jadal tus olgan

Angor tumanining “Guliston” mahallasi hududidan tuman markaziga olib kiruvchi...

Qurilish yakuniy bosqichda

Muzrabot tumanidagi “Xalq yo‘li” mahallasida 90 o‘ringa mo‘ljallangan sendvich...

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...
KunTun
KunTun