Ko‘ngil gavharlari zavol topmagay

Date:

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetining Pedagogika institutida Surxon vohasining atoqli shoiri Tesha Saydaliyevning xotirasiga bag‘ishlangan “Surxon adiblari bizning faxrimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda T. Saydaliyevning bosib o‘tgan shonli yo‘li, hayoti va ijodi haqida atroflicha fikr yuritildi. Mazkur tadbirni internetdagi “Zoom” platformasi orqali Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar va tuman hududiy bo‘linma xodimlari, shoir-yozuvchilar hamda ijodkor yoshlar onlayn tarzda kuzatib borishdi.
Xotira kechasida Surxon farzandi, atoqli shoir Tesha Saydaliyevning xotirasini abadiylashtirish, uning o‘zbek adabiyotga qo‘shgan ulkan ma’naviy hissasi, boy adabiy merosi haqida so‘z yurtildi. O‘zaro muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talabalar o‘z ijodiy namunalaridan o‘qib berishdi.

— 5 tashabbusning biri sifatida xalqimiz orasida bu singari ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini uyushtirish asosiy vazifalarimizdan biridir. Ayniqsa, shoir Tesha Saydaliyevning “Ko‘ngil gavhari” nomli kitobining yangidan nashr qilinganligi adabiyot ixlosmandlari uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi, — deydi Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva.

Tadbir so‘nggida viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi ko‘magida chop etilgan shoir Tesha Saydaliyev qalamiga mansub “Ko‘ngil gavhari” nomli kitobning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Kitobning “Ko‘ngil gavhari” deb nomlanishida ham ajib bir hikmat bordek, nazarimizda. Zero sohir va uyg‘oq qalb sohiblari tomonidan bitilgan badiiy asarlar haqiqatan ham uzoq yillar daryo tubida sayqallanib yotib, keyinchalik yana yuzaga chiqqan dur-gavharga o‘xshaydi. Ha, haqiqiy ko‘ngil gavharlari hech qachon zavol topmaydi. U qalbdan qalbga ko‘chib, avlodlar xotirasida mangu yashayveradi.

X. TOG‘AYMURODOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun