Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!

Date:

Yoshlar festivali shahar va tumanlar miqyosida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilayotir. Ayniqsa, yoshlarning o‘ziga xos ishtiyoq va kayfiyat bilan ishtirok etayotgani ko‘rgan va kuzatgan kishida bir olam zavq-shavq tuyg‘usini uyg‘otadi.

Boysun tumanidagi “Yoshlar istirohat bog‘ida” “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan yoshlar festivali ham ana shunday his-hayajonlarga boy bo‘ldi.

Festival bahonasida tashkil etilgan sport musobaqalari, bilimlar bellashuvi o‘g‘il-qizlarning vaqtini chog‘ o‘tkazishga yordam berdi. Bir tomonda bilagida kuchi, yuragida o‘ti borlar maydonga tushib kurashsa, boshqa yoqda tosh ko‘tarishda tengi yo‘qlar saralandi.

“Zakovat” intellektual o‘yinida bilimlar bellashdi, maharatli jamoalarning nomi festivalda ovoza bo‘ldi.
“Bayram bayramdek bo‘lsin” deguvchi mutasaddilar tomonidan tashkil etilgan yoshlar sayli hamda gala konsert dasturi kutilmagan tuhfa bo‘ldi deyish mumkin. Muhimi bu kunni boysunlik yoshlar o‘zgacha shukuh bilan eslashadi.

Shuningdek, bayram dasturi davomida festivalda faollik ko‘rsatgan, tanlov va musobaqalarda g‘olib bo‘lgan yoshlar tuman hokimi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun