Sariosiyo tumanidagi “Shirin” mahallasida hokim yordamchisi Sh.Qudratovning tashabbusi bilan hudud aholisini qiynayotgan ko‘plab muammolar hal etilmoqda. Qanday muammolar deysizmi?
Misol uchun, mahallada sug‘orish tizimi va suv ta’minoti yaxshilash bo‘yicha “Surxon golden treyed” MChJ tomonidan 30 gektar yer maydonida intensiv issiqxona barpo qilish uchun tomchilab sug‘orish uskunalari o‘rnatildi, yana hududdagi 3.5 km ichki ariq-zovurlar qazilib, atrofi ko‘klamzorlashtirildi. Bu yerda yashovchi aholining yana bir katta muammosi bu ichimlik suvi ta’minoti. Bu masala ham shu yilgi davlat dasturiga kiritilib, A Navoiy ko‘chasida artizan qudug‘i qaziladigan bo‘ldi.
Hududda joylashgan 50-umumta’lim maktabiga bolalar Mustaqilik ko‘chasidan o‘tib borishadi. Ammo bu ko‘cha qishda loy, yozda chang bo‘lrdi. Tezda hashar yo‘li bilan ko‘chaning 500 metr qismiga shag‘al yotqizildi. A Navoiy ko‘chasiida ham 1000 metr elektr simlari, 25 ta beton ustunlar va transformator yangilandi.
Hokim yordamchisi Sh.Qudratov ishsizlarning ro‘yxatini shakllantirgach, ulardan 27 nafariga 10 yillik ijara shartnoma asosida e-auksion savdolari oqali 25 sotixdan yer maydoni ajratib berildi. Bundan tashqari, mahallada 29-maktabgacha ta’lim tashkiloti ochilib, yana 12 nafar ishsiz fuqaro ish bilan ta’minlandi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 100 nafar fuqaroga issiqxona qurishi va limonchilik bilan shug‘ullanishi uchun 3 milrd. so‘m miqdorda imtizli kredit ham ajratilishiga ko‘maklashildi. Mahalla asosan dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan bo‘lib, axoli tomorqalarida yetishtirilgan piyozni sotish uchun tumandagi eksportyor korxonalar bilan shartnomalar tuzish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Chorvadorlarga yengil bo‘lishi uchun esa tadbirkor A Sharipov tomonidan aholiga omuxta yem sotish shaxobchasi, shuningdek, 1 ta temirchilik ustaxonasi, 2 ta avtomashinalarga xizmat ko‘rsatish shaxobchasi tashkil etilgan.
Yil boshida 8 ta xonadon vakiliga inkubator olib berilgandi. Hozirda ushbu xonadon egalari inkubator yordamida jo‘ja ochirib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib olishdi. Qolaversa, tikuvchilik, kosibchilik, xizmat ko‘rsatish kabi uy sharoitidagi kichik ishlab chiqarish loyihalarini mahallaning o‘zida kengaytirish maqsadida mahallaga tutash hududda mikro markaz tashkil etish ishlari ham boshlab yuborildi.
Bu Sariosiyo tumanidagi bitta mahallada qo‘l urilgan ishlar natijasi. Tumanda 61 ta mahallada hokim yordamchilari ana shunday mehnat qilishayotir.
Feruza Rahmonqulova