“O‘lmas kasblar” taklifi

Date:

Bugungi yoshlarning muammosi — kasb tanlash. Yo ota-onaning bosimi, yo maktabdayoq yaxshi yo‘naltirilmaganlik oqibatida bitiruvchilar orasida kasbning o‘ziga mos va ko‘ngli to‘larli, bir so‘z bilan aytganda, eplay-eplamasligini bilmaslik holati keng quloch yoygan. Kimdir hunarga, yana kimdir esa undan keladigan daromadga qiziqadi. Ammo “KASB VA YOSHLAR” festivali “hunarlining ishi unar” tamoyiliga asoslangan. Viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasiga qarashli Oltinsoy tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida 2022/2023-o‘quv yilida Professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabulini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Oltinsoy tumani XTBga qarashli umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchi o‘quvchilarini kasbga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Kasb va yoshlar” festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalda tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda reja-grafik ishlab chiqilgan edi. Unga muvofiq muassasada o‘tkazilgan “Kasb va yoshlar” tadbirlarida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari ishtirok etdi. Ular uchun o‘zlariga mos keladigan va qiziqishlarini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltiruvchi ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etilib, AKT, haydovchilik hamda tikuvchilik yo‘nalishlari kasbga ishtiyoqi borlarni qiziqtirishi tabiiy. Qolaversa, elda bu kasblarni “o‘lmas kasblar” ham deyishadi. Kasbning esa zamon va makon tanlamasligi esa elning dasturxoni to‘kis bo‘lishida ayni muddao. Zero, elning donolari aytganidek: “Hunar — hunardan rizqing unar”.

X.Ziyodov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun