Saralaganda sara sanaladigan yordamchining ishi besh

Date:

Joriy yil boshidan hokim yordamchilari lavozimlari joylarda tashkil etilgani kim uchundir omadli keldi, yana kimlardir vazifasini uddalay olmay allaqachon kursisiga shamol tekkazib ham ulgurgani rost. Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming… deganlaridek, bir degandan ishni to‘g‘ri tashkil eta oladigan, uddaburon va aholi manfaatini har narsadan ustun bilguvchi yordamchilar fuqarolarning oshig‘ini olchi qilishga ham urinayotir. Buni ko‘plarga o‘rnak va bosh bo‘lib, ezgu ishning boshidan tutgan hokim yordamchilari faoliyati ham yaqqol isbotlab turibdi.

Imkoniyat va vakolat ko‘paygani sayin ishidan unum izlanishi ham tabbiy albatta. Shuncha mablag‘, vakolat bekorga ushbu hokim yordamchilari zimmasida emasda. Qolaversa, fuqarolarning uvolu savobi ham, ertasi qanday kechishi ham shu lavozimdagilarga bevosita bog‘liq bo‘lib turibdi.

Sariosiyo tumanida ham yaxshi va yomon ishlayotgan hokim yordamchilari bor albatta. Saragini saralaganda puchagi ham chiqishi tabbiy. Ammo bizning qahramonimiz saralanganda sara sanalguvchilardan.

Tuman Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbarlari bilan birgalikda tumandagi “Shirin” mahallasida hokim yordamchisi vazifasida ishlayotgan Shaxobiddin Qudratovning ish faoliyati bilan tanishilgandagi vaziyat ham tasdiqlashga shay.

“Shirin” mahallasida jami 530 xonadonda 3 195 nafar fuqaro istiqomat qilib kelmoqda. Ushbu aholi vakillarining 220 ishsiz bo‘lib hokim yordamchisi tomonidan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali bandligini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 1 mlrd 280 million so‘m kredit mablag‘i hisobiga 1 sotixdan 4 sotixgacha bo‘lgan maydonda 65 ta issiqxonalar tashkil etish hisobiga 165 ta ish o‘rni yaratildi.

Qolaversa, mahalliy aholining ehtiyojidan kelib chiqqan holda asalarichilik, chorvachilik, bog‘dorchilik yo‘nalishlariga ham kreditlar ajratilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, birgina yordamchining ko‘magi bian necha-necha fuqaro hayotga teran boqa boshladi. Ertasiga yorug‘ yuz va sarmoya, shuningdek, peshona teri bilan peshvoz chiqishga kirishdi. Boshlangan ishlar meva bersa, aholi hayoti yaxshilansa, shudir eng katta yutuq.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun