“Qizlarjon klubi”ochildi

Date:

Talabalik umrning eng go‘zal bahoriga o‘xshaydi. Vaqtning har lahzasi qimmatli bu fursatda undan foydalana olish, mazmunli o‘tkazish uchun yelib-yugurish kerak. Aks holda hayot poygasidan orqada qolayotganga o‘xshaymiz. O‘qish-o‘rganish, o‘z ustida ishlash, dunyoqarashni kengaytirish, san’atga oshno bo‘lish, ehhe, bularni sanaganda sanog‘inida adashtirib qo‘yadigan mashg‘ulot va yumushlar ayni shu damda qiziq, talabalikda, kursdoshlar bilan maroqli.

Buni sezgan Termiz davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti ana shunday fursatdan foydalana olishni bildi. Ayni ularning tashabbusi bilan “Talabalik bahori” festivali tashkil etildi. Festivalga qiziqish bildirgan borki, universitetning professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlar hamda Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi vakillari ham ishtirok etdi.
Festivalga kelgan borki, o‘zini ajib mo‘jizalar makoniga tushib qolganday his etadi. Sababi bir tomonda “Xon atlas jilosi” milliy liboslar namoyishi modaga, zamonaviy va milliylik uyg‘unligiga qiziqqanlarni o‘ziga ohanrabodek chorladi. Namoyishning ajib ko‘rinishlari ko‘plarning ko‘ngliga olov yoqqani, ayni shunday liboslarni garderobida ham bo‘lishini maqsad qilgani aniq.
“Kitobxonlik” tanlovida mutolaa zavqidan bahra olganlarning taassurotlari, tahlillari talaba-yoshlar va ustozlarning-da e’tiboriga, diqqatiga sazovor bo‘ldi. Kelajagi buyuk davlatning munosib izdoshlari aslida shunday bo‘lishi kerak-da.

“Quvnoqlar va zukkolar” jamoalarining chiqishlari esa barchada ko‘taringi kayfiyat ulashdi. Yengil kulgu, hazil-mutoyibalarga boy bo‘lgan chiqishlar olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Festival kundan-kunga ommalashib borayotgan “Zakovat” intellektual oʻyinisiz o‘tarmidi? Bilimlarini sinovdan o‘tkazgan yoshlarning yuz-ko‘zidagi quvonch va hayajon to‘g‘ri topilgan javoblar o‘qilganda yaqqol namoyon bo‘ldi.
Qolaversa, velomarafon, “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” nomli esselar, “Mening universitetim” nomli rasmlar tanlovi hamda turli sport musobaqalarida ham talaba-yoshlar faollik ko‘rsatishdi. Iqtidor va imkoniyatlarini ishga solib, munosiblar rag‘batlantirildi.

— Jamiyatimiz taraqqiy etishida va davlatimiz ravnaqida oʻsib kelayotgan avlodning jismoniy va maʼnaviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim rol oʻynaydi. Bugungi festivalni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, yoshlarning badiiy salohiyatini rivojlantirish, teatr, musiqa sanʼat, badiiy adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, universitetimizda taʼlim olayotgan turli millat vakillari oʻrtasida doʻstlik aloqalarini mustahkamlashdan iboratdir, — deydi TerDU prorektori Obidjon Shofiyev.
Festivalning eng diqqatga sozovor jihati shu bo‘ldiki, tadbir doirasida oliygohda “Qizlarjon klubi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, fitnes-klub, shaxmat-shashka, tikuvchilik va stol tennisi xonalari ham foydalanishga topshirilgani haqiqiy xursandchilik bo‘ldi deyish mumkin.

Sayyora ALLAYEVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi oliygoh ish boshladi

O‘zbekiston mustaqil, demokratik davlat sifatida o‘z dunyoviy va diniy...

20 nafar yoshga 50 sotixdan…

Bugungi kunda ishsizlik muammo emas. Yurtimizda ishsizlar bandligini ta’minlashning...

Kuniga 50 tonna…

“Temirxotin” filmini ko‘p bor tomosha qilganmiz. O‘sha yillar uchun...

Shartlar o‘zgardi

Albatta, kredit barcha muammolarga munosib yechim va ish boshlovchilar...
KunTun
KunTun