MUNOSIB SOVG‘A

Date:

Kitobdan qimmatli sovg‘a, mutolaadan ko‘ra yaxshiroq mashg‘ulot bo‘lmasa kerak. Buni yaxshi bilgan jarqo‘rg‘onliklar yaxshi tashabbuslar bilan o‘rnak va namuna bo‘lishayotir. Jarqo‘rg‘on tumanidagi Istirohat bog‘ida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli barcha maktablar tomonidan “Besh muhim tashabbus” tadbirlari doirasida kitob aksiyasiga start berildi.

Tashabbusga “labbay” deya javob bergan homiy tashkilotlar, sahovatpesha tadbirkorlar bir chetda jim qarab o‘tirishmadi. Munosib sovg‘a bilan tashrif buyurib, maktablar kutubxonasiga 4 mingga yaqin kitoblar jamlanmasi tuhfa qildilar. Bu jamlanmalar adabiy-badiiy hamda ilmiy adabiyotlardan iborat bo‘lib, o‘qishli, o‘quvchi e’tibori va mehrini qozona oladigan kitoblar bo‘lgani bilan qiymatli bo‘ldi.
Maktablarning sobiq bitiruvchilari-da kitoblar bilan tashrif buyurib, o‘zlaridan keyin tahsil oladigan uka va singillarini mutolaa zavqini tuyishi uchun sevimli asarlari jam bo‘lgan kitoblarni taqdim etishdi.
Mana shunday tadbir va aksiyalar yoshlarni kitobga mehr qo‘yishiga, kitob bilan do‘st tutinishiga yordam beradi. Kitob aksiyasi 30-iyun kuniga qadar davom etadi.

S.Normurodov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun