Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Date:

Ishsiz bo‘lsangiz, ish haqidagi har qanday xabar muhim va qiziq tuyiladi. Ayniqsa, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilgan bo‘lsa, u yerda, albatta, biz uchun atalgan, to‘g‘ri keladigan ish borligiga umid bog‘laymiz. Termiz tumanida joylashgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tuman hokimligi, sektorlar, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” ishsizman deganning ko‘ngliga nafaqat umid, balki ishlashga ishonch ham uyg‘ota oldi.

Mehnat yarmarkasida tumandagi 70 ta tashkilot, birlashma, muassasa va yirik ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, qurilish korxonalari, tijorat banklari 427 ta mavjud bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

150 dan ortiq fuqaro ishtirok etgan yarmarkada 12 nafar ishsiz o‘zlariga ma’qul bo‘lgan ish o‘rinlariga joylashish uchun yo‘llanma oldi.
Tadbir davomida fuqarolar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv kurslari, ularda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan ham tanishtirilib, o‘quv kurslarida ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatga olindi. Hech qanday mutaxassisligim yo‘q deydiganlar ham quruq qaytmadi. Ana shunday 24 nafar fuqaro kasb-hunar o‘rganishlari uchun o‘quv markazlariga yo‘naltirildi. Qisqa muddatlarda yakunga yetadigan o‘quvlardan so‘ng ular ham o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yishlari mumkin.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun