“Ustoz, talaba bo‘ldik”, degan quvonchli xabar bilan kelishlarini intiqlik bilan kutamiz”

Date:

25-may — ko‘ngillarga hayajon soladigan kun. 11 yillik ta’lim-tarbiya, o‘qish-izlanish bilan birga sho‘xliklar, o‘yinqaroqliklar-da ortda qolib, katta hayotga odimlaydigan fursat haqida xabar beradigan qo‘ng‘iroq — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” chalinadigan kun. Kechagina maktab ostonasiga qadam qo‘ygan o‘g‘il-qizlar bugun bitiruvchi.

Viloyatimizning 929 ta umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangrab joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 11-sinfini 32 215 nafar o‘quvchi tamomlab, hayotlarining mas’uliyatli bosqichiga uchirma bo‘lyapti.

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Termiz shahridagi 1-maktabdagi tadbirda ishtirok etib,  Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi,  2021-2022-o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabrikladi. Bitiruvchilarni davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan yanada samarali foydalanishga chaqirdi va oq yo‘l tiladi.

Ana shunday “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri Termiz shahridagi 16-sonli informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabida ham o‘zgacha shukuh, ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Bitiruvchi yoshlarning ta’lim-tarbiya bergan ustozlariga minnatdorchilik tariqasida tayyorlagan chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Ajoyib kuy-qo‘shiqlar, chiqishlar, samimiy dil izhorlari yangradi. Aytish kerakki, bu yil maskanni 86 nafar o‘g‘il-qiz tamomlayotir. Ular orasida bilimli, tirishqoq, ta’limda, sportda qator yutuqlarga erishgan iqtidorli yoshlarning borligi quvonarli.

Tadbir davomida ana shunday iqtidorli yoshlar, o‘quv yili davomida o‘zining tashabbuskorligi, faolligi bilan namuna ko‘rsatgan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar ham Xalq ta’limi boshqarmasining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.   

—O‘quv yili davomida bergan saboqlarimiz, birgalikda tashkil etgan tadbir va kechalarimizda qilgan mehnatimizga rozimiz, — deydi maktab o‘qituvchi Guloyim Normurodova. — Har bir harakatimiz negizida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qaysidir jihatlarini, iqtidorlarini kashf etishni maqsad qildik. Ishonaman, mehnatimiz besamar ketmaydi. Ular bildirilgan ishonchni oqlab, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kadrlar bo‘lib yetishadi. Bag‘rimizdan uchirma bo‘layotgan farzandimizdek qadrli va suyukli bo‘lib qolgan o‘g‘il-qizlarimizning har birini “ustoz, talaba bo‘ldik”, degan quvonchli xabar bilan kelishlarini intiqlik bilan kutamiz.

Ulkan va mas’uliyatli marralar kutayotgan yoshlarni  ko‘zlagan cho‘qqilariga erishishlariga ishonamiz, omad sizga bitiruvchilar!

Sayyora ALLAYEVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Milliy qo‘g‘irchoqlar festivalida

Bugungi kunda milliylikni targ‘ib etishga, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida...

“Global iqlim sharoitiga tayyor turish kerak”

Surxon vohasi qadimdan turizm o‘chog‘i bo‘lib kelganligi barchamizga ma’lum....

Aholi xabardorligini oshirish maqsadida…

Ombudsmanga davlat organlari va idoralari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari...

Imtiyozli muddat uzaytirildi

Yosh avlodni bog‘chaga qamrovini oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida...
KunTun
KunTun