“Ahvolim yaxshi, shifokorlardan minnatdorman”

Date:

Rohila Ochildiyevaning qizi tug‘ma yurak porogi bilan tug‘ildi. Doimiy davolanishlar, bolaning sog‘ligidagi o‘zgarishlarda ona qizidan kam azob tortmadi. Bugun uni Rossiyadan kelgan bir guruh shifokorlar operatsiya qilib, sog‘lom hayotga qaytarishdi. Rohila Ochildiyeva bu kunlarni 11 yildan beri kutayotganini ko‘zda yosh bilan aytar ekan, shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi.

Ana shunday orttirilgan va tug‘ma yurak nuqsonlarini endovoskulyar usulda, ya’ni tomir orqali davolash qulay va samarali hisoblanishini soha mutaxassislari allaqachon isbotlab bo‘lishgan. Buning uchun bajariladigan jarrohlik amaliyoti esa juda murakkab jarayon bo‘lib, xorij texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishni talab etadi. Shuning uchun ham shu paytgacha yurak nuqsoni bor bemorlarimiz xorijga borishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, tibbiyot sohasidagi islohotlar sabab hududlarimizda ham ana shunday operatsiyalar o‘tkazila boshlandi. Texnologik asbob-uskunalar esa u jarayonni xavfsiz va oson o‘tkazishga imkoniyat yaratadi.
Shu maqsadda Termiz shahrida ham rossiyalik mutaxassislarni taklif etgan holda mahalliy shifokorlarning ishtiroki bilan murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
— Kecha yuragimda nuqsonim sabab operatsiya qilindim. Qayta hayotga qaytgandek bo‘ldim. Jarrohlik amaliyoti paytini monitordan ko‘rib, kuzatib turdim. 16 daqiqada operatsiyani yakunlashdi. Shukrki, ahvolim yaxshi, shifokorlardan minnatdorman, — deydi Nizomiddin Qosimov
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan tashrifi jarayonida Novosibirsk shahridagi yurak qon-tomir jarrohlik markazi bilan besh yillik memorandum imzolagandi. Aynan shu memorandum doirasida amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotlari sabab 20 ga yaqin bemor sog‘lom hayotga qaytarildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...

Qo‘lyozma Vatanga qaytarildi

Buyuk mutafakkir Pahlavon Mahmudga tegishli noyob qo‘lyozmaning Vatanga qaytarilishi...

Tizim o‘rganildi

Aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlashda dori-darmon vositalarining barqaror...
KunTun
KunTun