O‘zbekiston xalq artistlari Sangardakda!

Date:

Sangardak” o‘zining betakror tabiati, purviqor tog‘lari, so‘lim maskanlari bilan hamisha o‘z bag‘riga mehmonlarni, sayohatchilarni chorlab kelgan. Shundanmi, ijodiy, ma’daniy-ma’rifiy uchrashuvlar ham asosan “Sangardak” qo‘ynida o‘tkazilishi ham odat tusini olgan.

Navbatdagi ana shunday ijodiy uchrashuvlardan biri “Sangardak” mahallasi amfiteatrida Sariosiyo tumani, qolaversa, Uzun, Denov tumani aholisining dam olish kunlarini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Milliy akademik drama teatridan tashrif buyurgan O‘zbekiston xalq artistlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, aktrisa va aktyorlar jamoasi, yozuvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Maqsad esa aholining quvonchiga sherik bo‘lish, ular uchun ajoyib bayram tomoshalarini uyushtirishga qaratilgan.

El hurmatini qozongan aktyoru akrisalar, xonandalarni ko‘rishni, ular bilan dildan subbat qurishni istaydigan, ijodidan bahramand bo‘lishni orzulagan kishi borki, ushbu uchrashuvga oshiqdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston xalq artistlari — Yoqub Ahmedov, Erkin Komilov, Muqaddas Xoliqova, Zuhra Ashurova, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti — Yodgor Sagdiyev, O‘zbekiston xalq yozuvchisi — Usmon Azim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar — Saida Rametova, Ra’no Yarasheva, aktrisa — Dilnoza Kubayeva, aktyorlar — Rixsitilla Abdullayev, Sharofiddin Muzropov, Rejissyor — Marat Azimov, Radist — Zayniddin Ahmedovlar ishtirok etib barchaga o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari, ijod namunalarini namoyish etgan holda tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

—“Hayit ayyomi munosabati bilan belgilangan dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazishimiz uchun Respublikamizdan qator aktyor-aktrisalardan tashkil topgan ijodiy jamoa bilan Sangardakda uchrashib ularning ijodidan jonli tarzda baxramand bo‘lishimiz bu men va chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholi vakillari uchun berilgan katta e‘tibor deb bilaman” — deydi Sariosiyo tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi Salom Qosimov. —Inson qadrini ulug‘lash kabi ezgu maqsad ko‘zlangan ushbu uchrashuvni tashkil qilgani uchun, avvalo, Prezidentimizga, qolaversa, barcha mutasaddilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Dam olish kunini fayzli va maroqli o‘tkazishida, o‘zlari uchun motivatsiya olishda bu kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati yuqoriligi, uchrashuvga yig‘ilgan aholining kayfiyatida yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yozgi taʼtil qisqaradimi?

Yurtimizda maktablarida yozgi taʼtil 1,5 oy (6 hafta) boʻlishi...

Hakamlar akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qaroriga binoan futbol hakamligini yanada rivojlantirish...

“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!”

Navro‘z – tabiat va inson uyg‘unligi, yangilanish va ezgulik...

Sho‘rchida Navro‘z…

Milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan Navro‘zi olam yurtimizning har...
KunTun
KunTun