Ko‘ngil olmoq savobdir!

Date:

Mehr-muruvvat ko‘rsatish, ko‘ngli kemtik va nuroniy yoshdagi fuqarolarni yo‘qlash, ularning duosini olish, bir qatra suhbat uyushtirib, ularning fayzli va barokatli xonadonlarida bo‘lish kabi ezgu amallarimiz, ayniqsa, Ro‘zayi Ramazon oyida ko‘payadi.

Kishining soch soqoli oqarib, belidan quvvat, ko‘zlaridan nur keta boshlaganida unga suyanch va tirgak kerak aslida. O‘z navbatida yoshi ulug‘ nuroniylardan xabar olish, ulardan hol so‘rab, ko‘ngliga quvonch olib kirish yoshlarning burchi sanaladi.

Musulmon ahlining muborak Ramazon oyi, hayit ayyomi munosabati bilan Qumqmo‘rg‘on tumanida yashovchi  yakka yolg‘iz keksalar, 100 yoshdan oshgan yoshi ulug‘ nuroniylar holidan xabar olindi.

Tuman hokimi R.Gapparov boshchiligida sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari,  mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari  Ch.Qultayevlar  keksa  nuroniylar xonadonida bo‘lib, ulardan ko‘ngil so‘rab, ularga oziq-ovqat mahsulotlarini topshirishdi.

Shuningdek, mutasaddilar tumandagi nogironligi bo‘lgan bolalar “Muruvvat uyi”da ham bo‘lishib, bolajonlar uchun bayram dasturxoniga jonliq so‘yilib, ehson qilindi.

Bundayin yo‘qlovdan keksalar va bolajonlarning yuzida quvonch, ko‘nglida shukronalik jo‘sh urayotgani ularning yuz-ko‘zlaridan ma’lum.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun