TINCHLIK VA DO‘STLIK BO‘LSIN BARQAROR

Date:

Do‘stlik va tinchlik so‘zlari hamisha yonma-yon ishlatiladi. Bu ikki to‘lqin birlashib, ulkan qudratga aylanadi. Afsuski, nur bor joyda zulmat ham bo‘lganidek, ba’zida do‘stlik va tinchlikni qadriga yetmasdan, shukronalik tuyg‘ularini his qilmasdan to‘qlikka sho‘xlik qilamiz. Aslida, bashariyat yaratilganidan buyon eng muhim tushunchalardan biri do‘stlik va tinchlikdir. Tinchlik va osudalikni saqlash, odamlarning baxtli va farovon hayoti bardavom bo‘lishini ta’minlash aynan Yer sharidagi barcha xalqlarning do‘stligi vositasida ro‘y beradi. O‘zaro ahillik, bag‘rikenglik, birdamlik kabi umuminsoniy tushunchalar insonni tushunish, xalqlar nuqtai nazarini hurmat qilish, an’analar, ezgu amallar barhayotligiga erishish masalasini g‘oyat ustuvor vazifaga aylantirgan.

Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin bu so‘zning qadru qimmati oshdi. Do‘stlik va tinchlik go‘yo sinonimdek, bir ma’no-mazmun kasb etdi. Bu haqda yozuvchilarimiz sara asarlar yozdi, shoirlar poema, san’atkorlar o‘lmas qo‘shiq yaratdi. Dunyoning eng mashhur sahnalarida urushni qoralovchi, do‘stlik va tinchlikni tarannum etuvchi spektakllar yetakchilik qildi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlarini himoya qilish, qadr-qimmatini, or-nomusini saqlash, osoyishta hayoti uchun kurashgan insonlar haqida qancha ko‘p yozsak, gapirsak shuncha kam. Zero, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod fashizm balosiga qarshi kurashda jasur ajdodlarimiz ko‘rsatgan mardlik va matonatni, aslo yodidan chiqarmaydi.
Tumanimizning “Tolli” mahallasida istiqomad qilayotgan 98 yoshli Xurram bobo Pardaev ikkinchi jahon urishi qatnashchisi. Maktabimizning o‘quvchilari bilan Xurram boboni yo‘qlab bordik. Va u kishini bilan dildan suhbatlashdik.

—Safdoshlarim ko‘z o‘ngimda jon talvasasida qolganda ularning ori uchun ham tinimsiz kurashdim, -deydi biz bilan suhbatda 98 yoshli X.Pardaev. – Har soniyada o‘lim bilan yuzlashish, o‘qga ko‘ksini tutib berish ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga oson bo‘lmagan. Ko‘p emas, oz emas yetti yillik umrim tinchlik va xotirjamlikka erishish yo‘lida o‘tdi. Hali ham bu otishmalar ko‘z oldimdan ketmaydi. Biz ko‘rgan bunday kunlarni endi hech kim ko‘rmasin. Jahonda urushning nomi o‘chsin, hech qachon urush bo‘lmasin. Tinchligimiz abadiy bo‘lsin!
Darhaqiqat, tinchlik, osoyishtalik hayotimizda qanchalik muhim o‘rin tutishini, keksa avlod vakillarining hayotiy hikoyalari orqali yanada teranroq his etamiz. Ha, mard o‘g‘lon Xurram Pardaev ham boshqa o‘g‘lonlar qatori urush yillari dushman bilan jang qilishni unutilmas matonat va jasorat, urushdan keyingi ocharchilik va tiklanish yillarida kunni tunga ulab, mehnat qilishni sabru qanoat, deya bildi.
Tinch, to‘kin yillarni ko‘rishni niyat qilib yashadi. Endilikda otaxon yoshligida orzu qilgan o‘sha dorulomon kunlar nasib etganiga har tong shukrona aytib, farovon hayot kechirmoqda.

Baxriniso Tojiyeva,
Sho‘rchi tumanidagi 14-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xitoy bilan sanoat loyihalari amalga oshiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalq Respublikasining “Hebei...

QOZOG‘ISTONDAN MEDAL BILAN…

Mehnat va izlanish, albatta, o‘zining ijobiy natijasini beradi. Buni...

Necha sotixgacha bo‘lgan yerlarga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi...

Ziqna zaqqum

Kiyimlarining oxori to‘kilib, eskirib ketgan ayol, eriga yolvordi: "Jon...
KunTun
KunTun