Do‘stimga sovg‘a

Date:

Sovg‘a olishdan ham berish, uni tanlash qiziqarli jarayon. Avvaliga qanday sovg‘a olsam ekan degan o‘y bilan sovg‘alar olamiga g‘arq bo‘lgudek, uni-buni tanlaysiz. Yoqish-yoqmasligi haqidagi o‘y esa uni taqdim etgunga qadar ko‘ngilni hijil qilaveradi. Nima bo‘lganda ham eng yaxshi sovg‘a — kitob bo‘lsa kerak. Bu sovg‘a egasining kitoblar javonidan eng qadrli xazina sifatida joy oladi. Kitob bilan bir insonga ma’naviy hordiq ulashasiz, mutolaa zavqidan bahramand qilasiz. Ayniqsa, tanlagan kitobingiz sizning didingiz, dunyoqarashingiz va saviyangizni belgilab berar ekan, mas’uliyat hissi ila tanlash vojibdir. Buni Termiz davlat universitetining talabalari yaxshi his etdilar.

Yurtimizda keng quloch yozgan “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Termiz davlat universiteti axborot-resurs markazi hovlisida “Men do‘stimga kitob sovg‘a qilaman” deb nomlangan kitob yarmarkasi sovg‘a uchun eng yaxshi bahona-yu sabab bo‘ldi.
Kitob tuhfasini olganlar ko‘zlaridagi quvonch, uni varaqlab, o‘qishga tutingan yoshlarni kuzatib turib, ularni mutolaaga nechog‘lik chanqoq ekanidan quvondik. Bizning yoshlar kitobxon, ular bo‘sh vaqtini besamar o‘tkazmaydi. Buni ko‘cha va avtobusda, oliygoh bag‘rida kitob o‘qib ketayotgan yoshlar misolida bilish mumkin. Yurtimizda kitobxonlik madaniyati va kitob mutolaasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor esa ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Ha, kitob fikr-u tashakkurni oshiradi, qarashlarimizga ta’sir etadi. Shuning uchun ham kitob eng buyuk kashfiyotdir.
Qolaversa, anchadan beri izlab yurgan adabiyotlaringizni ham, sevimli asarlaringizni ham ayni shu yarmarkadan topishingiz mumkin. Shu maqsadda yarmarkada Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi, “Trast art – Dizayn” mas’uliyati cheklangan jamiyatining “Kitoblar olami” hamda “Book cafe” kitob do‘konlari eng sara badiiy, ilmiy-ommabop kitoblarini taqdim etdi.
Talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etgan kitob yarmarkasi ko‘ngillarga ezgulik va hushnudlik ulashdi.

Sayyora Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun