“Yoshlar daftari”ga kiritildim…”

Date:

Sho‘rchi tumanidagi “Bo‘ston” mahallasi hududida 2 300 nafar fuqaro istiqomat qilsa, shundan 1 376 nafarini yoshlar tashkil etadi. Hozirgi kunda mahallaning “Yoshlar daftari”da atiga 3 nafar yosh mavjud. Ularni ish bilan ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida mahalla yoshlar yetakchisi bor imkoniyatlarini ishga solib, faoliyat yuritayotir.
Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida — “Bir million dasturchi”, “Dasturlashga birinchi qadam” loyihalarini amalga oshirib, yoshlarning dasturlash sirlarini o‘rganayotgani mustaqil hayotda o‘z ishlarini boshlashga turtki bo‘lmoqda.
Ayniqsa, ishsiz yoshlarning ishli bo‘lishida, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlanishida, tizimli nazorat olib borishda “Yoshlar daftari” eng qulay ma’lumotlar bazasidir.

— Kollejni tamomlaganimdan so‘ng ancha vaqt ishsiz yurdim. Bir kuni xonadonimizga mahalla yoshlar yetakchisi Jamoliddin aka muammolarimni tinglandi. So‘ng “Yoshlar daftari”ga kiritildim. Shaxsiy ishimni boshlash uchun payvandlash uskunasi berildi. Men kabi yoshlarning tashabbuslari va muammolariga tez fursatlarda yechim topilayotganidan juda quvondim, — deydi “Bo‘ston” mahallasida yashovchi Furqat Hamrayev.
Qolaversa, har hafta kitobxonlik tadbirlari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari-yu kibersport chempionatlari tashkil etilib, uyushmagan yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etishda yaxshi samara beryapti.

Asadbek Saitkulov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun