ZAMONAVIY DZYUDO ZALI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Date:

Sport bilan shug‘ullangan insonga kasallik yaqin yo‘lay olmaydi. Sport jismonan chiniqtiradi. Yana bir jihati uning qaysidir turiga ishtiyoqi borlar, ihlos ila shug‘ullansa bormi, sport unga shon-shuhrat, sharaf olib kelishi ham hech gap emas. Shug‘ullanish haqida gap ketganda aytish kerakki, barcha sportchi ham zamonaviy anjomlar bilan jihozlangan, barcha shart-sharoitlar yaratilgan sport maktablari-yu zallariga qatnashni istaydi. Bu sportchi ruhiyatiga ta’sir etmay qolmasligi haqiqat.

Termiz shahridagi 9-umumta’lim maktabi hududida barcha zamon talablariga javob beruvchi yengil konstruksiyali (sendvich panelli) dzyudo zalining qurish ishlari boshlangani sportchi yoshlar ko‘nglini bir olovlatgan bo‘lsa, qisqa muddatda foydalanishga topshirilgani haqiqiy xursandchilik bo‘ldi.

Dzyudo zalining tantanali ochilishi katta bayramga aylanib ketdi. Mutasaddi tashkilotlar vakillarining ishtiroki va ezgu tilaklari, ayniqsa, yoshlarga manzur bo‘ldi.

Milliy terma jamoamiz dzyudochilari ham hozir bo‘lgan tadbirda ajoyib kuy-qo‘shiqlar yangradi. Yosh dzyudochilarning ko‘rgazmali chiqishlari yig‘ilganlarga zavq va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Ha, dzyudo zali mahalliy yoshlar hamda maktab o‘quvchilari uchun chinakam sovg‘a bo‘ldi. Ishonamiz, yaqin kelajakda ushbu sport maskanidan Olimpiada va jahon chempionlari yetishib chiqadi. Eng muhimi, ushbu zal dzyudo bilan shug‘ullanadigan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, salomatliklarini yanada mustahkamlashlari uchun xizmat qiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun