Chinor kovakidagi muzey

Date:

Boysun tumani o‘zining boy tarixi va arxeologik yodgorliklari ila tarix zarvaraqlaridan joy olgan. Qadim qadriyatlar qo‘nim topgan tumanda shundayin bir joy borki, borganning u yerdan ketgisi kelmay qoladi. Hayrati ortib, beixtiyor mo‘jizadan baxramand bo‘ladi. Daraxt desang, daraxt emas, maktab desang, ta’lim maskaniga ham o‘xshamaydigan bu mo‘jizakor joy har yili ko‘plab sayohatchilarni o‘ziga ohanraboday tortib keladi.

Sayrob qishlog‘idagi  chinor kovagidagi maktab haqida eshitganmisiz?

Balandligi 26 metrga yetgan bu daraxtlarning diametri 21 metr, tanasining balandligi bo‘yicha o‘lchami 9,7 metrni tashkil etadi. Kovagining balandligi yetti metrga teng. To‘g‘ri uchburchak shaklidagi kovak og‘zi mehrobli eshikni eslatadi.

Tarixning turli taloto‘plarini boshdan o‘tkazgan chinor kovagi o‘tgan asr boshlarida eski maktab sifatida xizmat qilib, shu yerliklarning savodini chiqargan. Oktabr to‘ntarishidan so‘ng qishloq kengashi idorasiga aylantirilgan. O‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarida birinchi otliq askarlar polkining lager kutubxonasi, savdo do‘koni sifatida faoliyat yuritgan.

Ayni paytda noyob tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan chinorlar kovaklari mo‘jazgina muzeyga aylantirilgan.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun