Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar o‘rnatiladi

Date:

Jamiyat har doim ham to‘la-to‘kis, aqli raso, jismoniy imkoniyati teng insonlardan iborat emas. To‘rt muchasi sog‘lom, dunyoni turfa ranglarda ko‘radigan insonlar barobarida oramizda ko‘zi ojiz, zayif ko‘ruvchi fuqarolar ham istiqomat qiladi. Ular dunyoni to‘laqonli ko‘rish baxtidan mosuvodir balki, ammo ular ijtimoiy hayotda fuqarolar uchun yaratilayotgan barcha imkoniyatlardan birdek foydalanishadi. Ular uchun qulayliklar, shart-sharoitlar yaratilib kelinadi. Maqsad esa ko‘zi ojiz va zayif ko‘ruvchilar ham hech bir qiyinchiliksiz o‘qishi, o‘rganishi, ishlashi, istalgan joyida harakatlanishi kerak. Bunda hech bir muammo va to‘siqlar ularga to‘g‘anoq bo‘lmasligi kerak.

“Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda taʼlim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingani ayni shu toifadagi bolajonlar uchun muhim yangiliklarga eshik ochdi.

Qarorga ko‘ra, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar Ichki ishlar vazirligiga biriktirilib, “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari (“Nurli maskan” maktablari) deb nomlandi.

Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda boshqa tibbiy muassasalarning malakali shifokorlari jalb etilgan holda, “Nurli maskan” maktablari o‘quvchilarini davolash-sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, barcha “Nurli maskan” maktablari hududiga videokuzatuv moslamalari o‘rnatilib, ular tegishli hududiy ichki ishlar organlariga integratsiya qilinadi.

2022/2023-o‘quv yilidan:

– “Nurli maskan” maktablarining Brayl yozuvidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, badiiy hamda bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar, turli ixtisoslik va yo‘nalishlardagi bosma va audiokitoblarga ehtiyoji har 6 oyda o‘rganiladi va shu asosda adabiyotlar ro‘yxati shakllantirib boriladi;

– ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun belgilangan viloyat va respublika fan olimpiadalari bitiruvchi sinflar o‘quvchilari uchun alohida tashkil etiladi;

– “Nurli maskan” maktablari o‘quvchilari uchun axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi;

– OTMning tegishli ixtisoslik va yo‘nalishlari bo‘yicha Brayl alifbosi asosidagi adabiyotlarni chop etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

– ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualar chop etuvchi nashriyot-matbaa korxonalari bilan deklaratsiya qilingan narxlar asosida belgilangan tartibda shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.

2022-yil sentyabrdan “Nurli maskan” maktablarida o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida zamonaviy jihozlangan ijtimoiy va maishiy yo‘nalishdagi majmua (o‘quv ustaxona)lar tashkil etiladi.

Shuningdek, inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan taʼlim muassasalarida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarning yaqin qarindoshlariga ular bilan birga darslarda qatnashish imkoniyati yaratiladi.

2022-yil yakunigacha “Nurli maskan” maktablari uchun o‘zbek nutq sintezatori va boshqa semantik-eshitish vositalari bilan hamohang ravishda milliy dizayndagi maxsus kompyuter dasturlari yaratiladi va o‘quv jarayoniga tatbiq qilinadi.

2022/2023-o‘quv yilidan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar hamda tayanch harakat aʼzolari shikastlangan bolalarning ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda paralimpiya sport turlari (dzyudo, futbol, yengil atletika) bilan mukammal shug‘ullanishi uchun sport guruhlari tashkil qilinadi.

2022-yil 1-oktyabrdan “Nurli maskan” maktablari negizida ko‘zi ojiz bolalarni maktabga tayyorlovchi bir yillik muddatli tayyorlov guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2022-yil yakunigacha “Nurli maskan” maktablari hududida “Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maxsus maydoncha”lari tashkil etilib, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar va innovatsion yo‘l belgilarini o‘rnatish choralari ko‘rilishi ham rejalashtirilgan.

“Ko‘zingiz dunyoni yorqin ranglarda ilg‘ashga-da qodir emasdir balki, ammo shuni unutmangki, imkoniyati cheklangan insonlarga qulayliklar yaratish, ularning ham hayotda emin-erkin, baxtiyor yashashi, o‘zini noqulay his qilmasligi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga-da bugun davlatimiz qodir!”

A.Safarova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Parasport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Jismoniy imkoniyatning cheklanganligi insonni jamiyatdan uzib qo‘ymasligi kerak. Albatta,...

“Toza havo” oyligi: birinchi bosqich boshlandi

Insonlarga yaxshilik qilish qo‘limizdan kelmasa, yomonlik ham qilmaslikni o‘rganishimiz...

Kitoblar karvoni hududlarga yo‘l oldi

Kitob insonning eng yaxshi hamrohidir. Bejizga yosh-u keksa kitobga,...

Surxondaryoda respublika seminari o‘tkazildi

Prezidentimizning 2023-yil 16-17 noyabr kunlari viloyatimizga tashrifida respublikamizda birinchi...
KunTun
KunTun