Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi

Date:

Tadbir bahonasida Termiz shahridagi Prezident maktabida bo‘lganimdan so‘ng, yaratilgan shart-sharoit, o‘quvchilarning bor diqqat va e’tibori faqat va faqat o‘qib o‘rganishga qaratilganini ko‘rib kuzatib, mening ham farzandim ayni shu maktabda o‘qisa edi, degan istak ko‘nglimda alanga oldi. Men kabi ko‘plab ota-onaning orzu-yu maqsadi shu bo‘lsa kerak. Kim ham o‘g‘il-qizi intelektual salohiyati yuqori, jamiyatga nafi tegadigan kadr bo‘lib yetishishini istamaydi deysiz. Ammo, Prezident maktabi bitta va qabul soni chegaralangan. Bilim va tavakkalga tayanilgan omad kimgadir kulib boqar, kimgadir esa yo‘q.

Mana shunday xayollar bilan yurganimda “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (14.04.2022-y.)ning qabul qilinishi men qatori ko‘plab ota-onalar qalbida umid va ishonch chirog‘ini yoqqani shubhasiz. Sababi agentlik tizimida 25 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internati quriladi. Aniq reja va maqsadlar asosida puxta bilim beriladi. Ayniqsa, sun’iy intellekt, robototexnika, agrotexnologiya, nanotexnologiya, biotexnologiya, IELTS, TOEFL va SAT bo‘yicha qo‘shimcha kurslar yoshlarning turli sohalarda bilimini oshiradi, tasavvur va fikrlash olamini kengaytirib, yaratuvchanlikka o‘rgatadi. Horijiy tillarni o‘z ona tilidek o‘zlashtirishi dunyo eshiklarini ochadi.
O‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul sog‘lom ovqatlanishning tashkil etilishi ota-onalarni katta o‘ylovdan forig‘ etadi. Ha qisqa fursatda yurtimizda shunday yetuk avlod vakillari shakllanadiki, Vatan taqdirida olamshumul o‘zgarishlarni ayni bizning farzandlarimiz amalga oshiradi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun