“Otasining qizi”

Date:

Ekran qarshisida film tomosha qilish yaxshi. Syujet, mazmun pishiq bo‘lsa, ta’sirlanasiz. Ammo, teatrga borib, spektakl tomosha qilganchalik emas. Buni hayoti davomida bir bor bo‘lsa-da, teatrga borganlar yaxshi biladi. Aktyorlar ko‘z o‘ngingizda o‘z qahramonini jonlantiradi. Kayfiyati, harakterini ochib beradi. Voqealar rivojini kuzata turib, aktyordan kam hayajonlanmaysiz. Bari jonli va ta’sirchan.

Teatr san’ati ana shunday kishini o‘ziga ohanrabodek tortadi, sehrlab oladi. Rost, bir bora tomosha qilsangiz, har doim, qayta va qayta boraverasiz. Teatrni sevib, o‘sha muhitni sog‘inasiz. Bu san’at ko‘ngilni ezgulikka chorlaydi. Yaxshi amallarga undab, go‘zal tuyg‘ularni in’om etadi. Necha kunlar o‘sha ta’sirdan, o‘sha hayajondan, ayni o‘sha ruhiyatdan chiqa olmaysiz. Ha, teatr oddiygina tomoshaxona emas. U tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat maskanidir.

Termiz shahridagi San’at saroyida poytaxtdan tashrif buyurgan O‘zbekiston davlat drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan “Otasining qizi” deb nomlangan komediya janridagi spektakl namoyishi tomoshabinlarga ana shunday kayfiyat va ruhiyat ulasha oldi. Professional aktyorlarning chiqishlari, mahorat ila ijro etgan ro‘llari barchada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tomosha zavqidan ruhlangan tomoshabinlar qarsaklarining o‘ziyoq taassurot va munosabat izhor etgandek bo‘ldi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun