To‘palangdan tanga topildi

Date:

Yodgorliklar, qadimiy buyumlar o‘z davridan, zamonasidan ajib hikoya so‘zlaydi. Tarix bilan yuzlashtirgandek bo‘ladi. Ayniqsa, ana shunday buyumlar shodasini siz topib olsangiz, olamshumul topilma topgandek quvonib ketishingiz tayin. Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi fuqarolar ham bugun ana shunday hayoajonda. Negaki, ular To‘palang daryosi qirg‘og‘idan juda ko‘p miqdordagi mis tangalarni topishdi. Olimlar mazkur ashyolar hozirgacha vatanimiz hududidan topilgan Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida zarb ettirilgan pul tangalarining eng katta va yaxshi saqlangan xazinasi ekanligini ta’kidlashmoqda.
Qadimiy tangalarning bir tomonida olti qirrali yulduz va olti yaproqli gul zarb qilingan bo‘lib, bu hukmdorning buyuk astronom va matematikligi tufayli kiritilgan belgilardir. Shuningdek, tangalarning reversida, ya’ni bet tarafida “Samarqand”, “Adliya” so‘zlari, hijriy 823 (1420-yil), 832 (1428-yil) kabi zarb qilingan yillari aks etgan.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun