Fond faoliyati yanada kengayadi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan viloyatimizda ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayapti. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqorolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab- quvvatlash jamoat fondi tashkil etilib, o‘tgan vaqt mobaynida samarali ishlar bajarildi.

          Fondning maqsadi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ularni jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan va mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni jamlash, bu mablag‘lar nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalarni amalga oshirish uchun taqsimlanishini tashkil etish, ushbu tashkilotlarni moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, tashkiliy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq loyihalar hamda dasturlarni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat. Maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun jamoat fondi Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat komissiyasi rahbarligida faoliyatini amalga oshirayapti. Fond vakillari adliya boshqarmasi, O‘zNNTMА viloyat bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan birga nodavlat tashkilotlari uchun seminar, treninglar, davra suhbatlari tashkil etib, grant loyihalarini tayyorlashga amaliy yordam bermoqda. O‘tgan yil davomida Qiziriq, Аngor, Termiz tumanlari hamda Termiz shahrida seminarlar o‘tkazilib, yuzga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlari vakillariga grant loyihalari tayyorlash tartiblari tushuntirildi. Natijada Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi grant tanlovida ishtirok etish uchun 11 ta hamda ijtimoiy buyurtma tanlovlarida qatnashish uchun 3 ta loyiha yuborildi. Bu o‘z samarasini berdi. 11 ta NNT Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, 32 ta NNT viloyat jamoat fondi, 8 ta NNT O‘zNNTMА huzuridagi jamoat fondi grant tanlovlari g‘olibi bo‘lishdi.

          Jamoat fondi faoliyatini samarali tashkil etish uchun viloyat mahalliy byujetidan o‘tgan yil uchun 1 milliard 128  million so‘m xarajatlar amalga oshirildi. Ish haqi xarajatlariga 97 million,  ish haqidan ajratmalarga 22,3  million, moddiy-texnik taʼminot uchun 34 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarflandi. Jamoat komissiyasining qarorlari asosida eʼlon qilingan grant tanlovlari g‘oliblari  975 million 300 ming so‘m moliyalashtirildi.

          Joriy yilning 1 yanvar holatida viloyatda 566 ta nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatayapti. O‘tgan yili komissiya qarorlariga asosan, “Millatlararo totuvlik va barqarorlikni taʼminlashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish”, “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda va aholi salomatligini mustahkamlashda NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” kabi mavzularda 7 ta grant tanlovlari eʼlon qilindi. Kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqqan komissiya tomonidan g‘olib deb topilgan 32 ta NNTlarga 975 million 300 ming so‘m moliyalashtirilib berildi. Buning natijasida NNTlar va milliy madaniy markazlarning moddiy taʼminoti yaxshilanib, samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi, 101 nafar kishi maosh bilan taʼminlandi.

 Bundan tashqari, Prezidentimizning “Nodavlat-notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularni faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5012-sonli hamda “2021-2025- yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6181-sonli farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosi uchun viloyat hokimi tomonidan “Surxondaryo viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Qiziriq, Аngor, Termiz tumanlarida seminarlar tashkil etilib, yuzdan ortiq NNT vakillariga qonunlar talablar asosida mahorat darslari o‘tkazildi.

          Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi eʼlon qilgan grant tanlovlari bo‘yicha targ‘ibot olib borilishi natijasida viloyatdagi 11 ta NNTlar g‘olib bo‘ldi va ular 450 million so‘m grant mablag‘lari yutib oldi. Viloyat hokimining tavsiyasiga ko‘ra, NNT rahbarlaridan 20 nafari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

O‘tgan yili fond tomonidan komissiya qaroriga asosan, “Yilning eng faol nodavlat notijorat tashkiloti” tanlovi eʼlon qilindi. Hozirda viloyatda 2 ta nodavlat notijorat tashkilotlari uyi tashkil etilgan bo‘lib, ularda “Аyol va zamon” NNT hamda “Rus” “Tojik”, “Turkman” milliy madaniy markazlari va karlar jamiyati viloyat bo‘linmasi faoliyat olib bormoqda. Viloyat hokimining qarori bilan Termiz shahridagi Islom Karimov nomli ko‘chada joylashgan bino NNTlar uyi sifatida operativ boshqaruv huquqi bilan viloyat jamoat fondi ixtiyoriga berilgan. Ushbu binoda NNTlar jamoat fondi, O‘zNNTMА viloyat bo‘limi, Nogironlar jamiyati viloyat va Termiz shahri bo‘limlari, xalqaro “Аmir Temur” xayriya jamoat fondi viloyat muassasasi, Veteran jangchi, faxriy va nogironlar Kengashi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Chernobilchilari assotsiatsiyasi viloyat bo‘limi, “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi viloyat hududiy filiali, “Bolalar va oilalarni qullab-quvvatlash assotsiatsiyasi” viloyat boshqaruvi, viloyat “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” faoliyat olib bormoqda. Binoda “Kovorking markazi”ni tashkil qilish rejalashtirilgan. Аmaldagi yilda faoliyatimizni yanada kengaytirish maqsadida NNTlar bilan hamkorlikni tobora kuchaytirayapmiz.

Nuriddin JUMАEV,

xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi huzuridagi
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining
boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Fayz” savdo markazi ochildi…

Bugun Bandixon tumani aholisi uchun unutilmas shodiyona kun...

“G‘armaqo‘rg‘on” yo‘llari asfaltlanmoqda

Ko‘chalarimizning notekis o‘nqir-cho‘nqirligi nafaqat kayfiyatimizga balki xavfsizligimiz uchun ham...

Jarimasi bor…

Telefonsiz hayotimizni tasavvur eta bo‘lmas darajaga yetganmiz. Uyda ham,...

Yig‘im-terim avj oldi

Kuz fasli qishloq xo‘jaligi sohasida yil davomida amalga oshirilgan...
KunTun
KunTun