Ichimlik suvi va suvoqava xizmati uchun yangi billing to‘lov tizimi

Date:

“O‘zsuvta’minot” AJ “O‘zbektelekom” AK bilan birgalikda jismoniy shaxs-abonentlarga 2021 yilning sentabr oyida joriy etilgan UzWater billing tizimi doirasida “Shaxsiy kabinet” xizmatini taklif qilmoqda.

Shaxsiy kabinetdan foydalanish uchun:

1) https://cabinet.uzsuv.uz saytiga o‘z shaxsiy hisob raqamingizni kiritasiz;

2) Tizimga biriktirilgan mobil telefon raqamiga kelgan kodni kiritasiz (birinchi marta kirish uchun) va Siz shaxsiy kabinetdasiz.

Abonentlarimiz takliflarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan shaxsiy kabinet orqali Siz:

– hisoblagich ko‘rsatkichini masofadan turib yuborishingiz (har oyda yuborilishi hisob-kitoblarning to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydi);

– amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz;

– ichimlik va oqova suv uchun to‘lovlarni o‘zingizga qulay elektron to‘lov tizimlari orqali onlayn amalga oshirishingiz;

– ichimlik va oqova suv xizmatlariga oid shaxsiy ma’lumotlarni kuzatishingiz va murojaat qilishingiz;

– shaxsiy kabinetga kirish uchun parolni yangilashingiz va boshqa qulayliklardan foydalanishingiz mumkin.

Savollaringiz bo‘lsa, SuvniAsra mobil ilovasi, 12-55 yagona koll-markazi (24/7 rejimda), uzsuv_chat telegram chati va ijtimoiy tarmoqlardagi “O‘zsuvta’minot” AJ  sahifalari orqali murojaat qiling.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun