Qaychi, igna-ip ishlatmasdan…

Date:

Yozgi ta’tilni qanday o‘tkazishni, ya’ni foydali yoki bekorchilik bilanmi, har bir yoshning o‘zi biladi. Ammo, oltinsoylik 5-sinf o‘quvchisi Ruhsora Ismatova uchun bu vaqt unumli va mazmunli o‘tmoqda. Har qalay u qilayotgan ishidan mamnun. Negaki, uning “Mohir qo‘llar” to‘garagiga qatnagani qo‘l kelib, bo‘sh vaqtida yumshoq o‘yinchoqlar yasamoqda.
Buning uchun u ota-onasiga o‘yinchoq yasash uchun maxsus mato, paxta va boshqa aksesuarlarni olib bering deb xarajatga qo‘ymadi. Shunchaki, barchaning uyida topiladigan qo‘l sochiqlaridan san’at asarlari yaratishga kirishdi. Ruhsora yasagan ayiqcha-yu quyonlar ajoyib, ayniqsa, bolajonlar o‘ynashi uchun xavfsiz va qulay.
Ha aytgancha, Ruhsora o‘yinchoqlarni yasayotib, hech qanday qaychi, igna-ip ishlatmasdan tayyorlaydi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Denov tumanida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan...

Ikki oilaga yangi xonadon, mahallaga yangi maskan

Mustaqillik bayrami arafasida Denov tumanining Chuqurqishloq mahallasida aholi uchun...

“Obodon”ning qiyofasi oʻzgardi

Bir paytlar infratuzilmasi og‘ir toifadagi mahallalar qatorida bo‘lgan hududlarda...

“Oftobmakon”da katta yangilanish

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oftobmakon” mahallasida yillar...
KunTun
KunTun