Ibrat

Date:

Ajrashgan ayol xalq qabulxonasiga borib, uy berishlarini so‘rayapti, nafaqadagi ayol esa davlat rahbari viloyatga tashrif buyurganida uchrashtirishlarini, bu yerdagilar ishlamayotganini aytib, do‘q qilayotgan bo‘ladi. Tavba, qachondan beri fuqarolar o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida nimadir ta’ma qilishni kasb qilib olishgan bo‘lsa. Xolbuki, barcha o‘zi uchun o‘zi harakat qilib, ro‘zg‘orini tebratishi, kam-ko‘stini to‘ldirishi kerak emasmi? Xullas gapirsak, gap ko‘p, ammo buni tushunib, to‘g‘ri qabul qilisharmikan, shu jihati muammo.
Kechirasiz-u siyqasi chiqqan, mana shunday misollar, ayni shunday holatlar kunda xalq qabullarida sodir bo‘lsa-da, imkonsizlik ichra o‘ziga imkon topadganlar, o‘z aravasini o‘zi tortib, halol mehnatni kasb qiladiganlar borligi kishini quvontiradi. Ularning hayot yo‘li esa ana shunday ba’zi kimsalarga ibrat bo‘lsa edi…
Jarqo‘rg‘onlik 2000-yilda tug‘ilgan Nigora Abdurahmonovaning orzulari osmon edi. Afsuski, kichikkina jussadida og‘ir dard orzularining qanot yozishiga imkon bermadi. Ammo, u chekinmadi, kasalmand ekanidan tushkunlikka tushib qolmadi. Tanasidagi dard kundan kunga zo‘rayib, harakatlanishiga to‘sqinlik qila boshladi. Shunga qaramay, tikuvchilikni o‘rganishga ahd qildi va niyatiga yetdi ham. Qisqa fursatda Nigoraning qo‘li kelishib, tikish-bichishni o‘rganib, buyurtma asosida kiyim-kechaklar tika boshladi.
Nigoraning bu harakati unga shijoat bag‘ishlagan, u odamlar koriga yarayotganidan mamnun.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun