KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Date:

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan “Kitobxon yoshlar” klubining ilk anjumani bo‘lib o‘tdi.

Adabiyot fani o‘qituvchisi O. Roziqova tashabbusi bilan ilgari surilgan klubni tashkil etish g‘oyasi qo‘llab-quvvatlanib, uning faoliyatiga rasman asos solindi. Anjumanda o‘quvchilarga Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi haqida ma’lumot berilib, kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va badiiy adabiyotga qiziqishni oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyati va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Kitob bilan do‘st tutingan yoshlar kelajakda bilimli, tafakkuri teran va faol shaxslar bo‘lib kamol topadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun