BIR GURUH MAHKUMLAR OZOD QILINDI

Date:

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tuman sudi tomonidan 41-son manzil koloniyasida ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab kelayotgan bir guruh mahkumlarni o‘talmay qolgan jazo muddatini yengilrog‘i bilan almashtirish hamda jazo muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.

Insonparvarlik tamoyiliga tayanib, Qurbon hay’iti bayrami arafasida jazo muddatini o‘tab kelayotgan, haqiqatda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va jazo o‘tash davrida intizomiy jazoga tortilmagan, tuzalish yo‘liga o‘tgan, manzil-koloniyasi tomonidan o‘rnatilgan tartib-qoidalarga to‘liq roiya qilgan, o‘zining xulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan 6 nafar mahkum o‘talmay qolgan jazo muddati yengilrog‘i bilan almashtirildi va 1 nafar mahkum o‘talmay qolgan jazo muddatidan ilgari ozod etilib, manzil-koloniyasidan ozod qilindi.

Sud tomonidan insonparvarlik tamoyili qo‘llanilgan shaxslarga nisbatan imkon berilganligi xalqimizning kechirimlilik va bag‘rikenglik kabi azaliy qadriyatlarining amaliy ko‘rinishidir. Bu bilan ular jamiyatda o‘z o‘rnini topib, foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lishsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaxsga doir ma’lumotlarni xorijda saqlash mumkinmi?

2026-yil 27-martdan e’tiboran “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan...

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi

2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti, jumladan Starlink texnologiyasi asosida...

Istiqboldagi vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat, shahar...

Kontrafakt mahsulotlar yo‘q qilindi

Surxondaryo viloyatida sud qarorlariga asosan umumiy qiymati qariyb 180...
KunTun
KunTun