Tojikiston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Date:

Yurtimiz o‘z qo‘shnilari bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan bo‘lib, hududning va sohalarga oid imkoniyatlaridan kelib chiqib, mustahkam hamkorlik ham o‘rnata olgan. Bu esa o‘z navbatida investitsiya kiritishda, iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shayotir. Ana shunday aloqalarni davom ettirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohamizga tashrif buyurgan Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Raxmonzoda Abdudjabbor Azizni qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zlarining iqtisodiy, ijtimoiy, geografik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hamkorlik qilish borasida so‘z yuritdilar. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi, charmpoyabzal, yengil sanoat kabi sohalarda o‘zaro kelishuvlarga erishildi. Tojikiston bilan xususan, Surxondaryo va Xatlon viloyatlarining o‘zaro hamkorlik aloqalari ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi shubhasiz.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun