Bir maqsad yo‘lida…

Date:

Maqsad bir bo‘lsa, marraga yetish yanada osonroq kechadi. Ammo, gap sport, yugurish haqida gap ketganda jismoniy tayyorgarlik, yugurish texnikasini yaxshi bilish, nafas qoidalariga rioya etish g‘oliblik sari yetkazadi. Yurtimiz bo‘ylab “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi ham ana shu jihatlarga amal qilgan ishtirokchilar uchun muvaffaqiyatli kechdi. Ammo, muhimi g‘oliblik emas, ishtirok. Jarayondan zavq olmoq, birdamlik…
Bunda esa Yoshlar kuni yaxshigina bahona bo‘ldi. Sana munosabati bilan tashkil etilgan mazkur musobaqada minglab surxondaryolik sportga havasmand yosh faol qatnashdi. Ishtirokchilar Termiz shahridagi “Surxon-Arena” sport majmuasidan start chizig‘iga jam bo‘lishgan bo‘lsa, “Bolajon bog‘i”gacha bo‘lgan 3 kilometr masofada o‘zaro bahslashdi. Barcha bir maqsad yo‘lida birgalikda yugurishdi. Toza havo qo‘ynida ajib sayr sifatida o‘rgan marafon barchaga manzur bo‘ldi. Barcha birin-ketin finish chizig‘i tomon yetib kela boshladi.
“Bolajon” bog‘idagi maydonda esa “Yangi nafas” marofoni g‘oliblarini taqdirlash marosimi boshlanib ketdi. Ajoyib kontsert tomoshalari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. G‘oliblarga medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali topshirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun