“BULBULIGO‘YO” IKKINCHI…

Date:

Xalq og‘zaki ijodi tildan-tilga ko‘chib, ommalashgan, sayqallashgan, yanada jilo topib, avlodlarga yetib kelayotgan bot ma’naviy xazinadir. Hududlarning milliy dostonchilik, baxshichilik maktabi bilan tanishasizmi, milliy kuy va navolarimizni tinglaysizmi, qalbingiz bir olam quvonchga, hayajonga to‘ladi. Qandaydir nurli navoni tinglaganday, taskin topasiz. Haqiqatan ham bu navolar, bu ohanglar qandaydir nurli, yoqimli va dilga yaqin. Ana shu jihati uchun ham xalqaro folklor festivaliga “Nurli navolar” deya nom berilgan bo‘lsa, ajab emas. Navoiy viloyatining Nurota tumanida “Nurli navolar” II-xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tdi.
Ushbu festival dunyo xalqlarini birlashtirib, bir-birlarining milliy folklori bilan tanishtirishda katta minbar vazifasini o‘tadi. Unda ishtirok etgan, tomoshaga kelgan borki, qalbi estetik zavq oldi. Albatta, ushbu nufuzli festivalga surxondaryolik, Sho‘rchi tumanida ijod qilib kelayotgan “Bulbuligo‘yo” jamoasi ham ishtirok etdi. Bu ishtirok natijasiz, shunchaki izsiz ketmadi. Taqdim etilgan folklore armug‘on faxrli II-o‘ringa munosib ko‘rildi va Madaniyat va turizm vazirligining diplom, esdalik sovg‘alari hamda 2500 $ dollar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun