“RABOTAK”DA ShIFOXONA IShGA TUShADI

Date:

Yurtimizda tibbiyot sohasi tobora rivojlanib, aholi salomatligi uchun qilingan harakatlar bugun joylarda bo‘y ko‘rsatmoqda. Bunda, albatta, qandaydir tibbiy ko‘rik yoki kasallik uchun aniq tashxis qo‘yilishi uchun viloyat markazi yoki poytaxtga borish shart emas. Chekka-chekka qishloqlar va ovullarda ham zaruriy tibbiy shart-sharoitlari, tibbiy asbob-uskunalari mavjud shifoxona va klinikalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va qo‘yilayotir.
Ana shunday sa’y-harakatlar Qiziriq tumanida ham bo‘y ko‘rsatayotir. Tumanning “Rabotak” mahallasidagi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasida qurilish va ta’mirlash ishlari jadallik bilan kechmoqda. Ayni paytda ta’mirlash ishlari amalga oshirayotgan bo‘lib, quruvchi-ustalar o‘z ishlarinini tez va sifatli qilib bajarishayotir. Bunday bunyodkorlik ishlari qisqa fursatlarda yakunlanib, tez kunlarda shifoxona o‘z faoliyatini boshlashi tuman aholisining sog‘ligini himoya qilishga xizmat qiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun