Surxondaryolik g‘allakorlar rejani ortig‘i bilan bajardi

Date:

Yer tilini bilgan, tajribali fermer va dehqonlar har qanday sharoitda ham ekin ekib, mo‘l hosil olishning sirini biladi. Surxondaryolik mirishkorlar ham ayni shunday, aks holda qishloq xo‘jaligi uchun noqulay kelgan bu yilgidek ob-havo sharoitida 89,3 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar g‘alla navlarini parvarishlab, shu kungacha qabul punktlariga 209 ming 185 tonna sara don topshirib, shartnomaviy rejani 101,1 foizga bajararmidilar.
Maqsadni katta olib, ish boshlaganlarning mehnatining mevasi shu bo‘lsa kerak aslida. Rejani bajarishda Аngor tumanida “Saidnosirxon”, “Ikki do‘st Surxon-Аngor”, Termiz tumanidagi “Namuna Qahramon gavhari”, “Sherzod Salavot”, Denov tumanidagi “Bog‘bon”, “Bilol Mirzo”, Sho‘rchi tumanidagi “Shavkat Аbdurahmonov”, “Iqbol-1”, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Nurli Diyor Oqoltini”, “Surxon Sabosi” kabi fermer xo‘jaliklarining xizmati katta bo‘ldi. Ular 95-100 sentnerdan hosil olib, viloyat xirmoniga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdi.
Viloyat g‘allakorlari kelgusi mavsumda bundan-da yuqori natija ko‘rsatish ishtiyoqi bilan yonishmoqda. Vohada g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun