Masofadan turib ishlash mumkinmi?

Date:

Pandemiya sharoiti sabab masofadan turib ishlash nima ekanini bildik. Aslida esa ana shunday global sharoitlarsiz ham masofadan turib ishlash mehnat qonunchiligida ko‘rsatib o‘tilgan. Buning uchun faqat masofadan turib ishlash mehnat shartnomasida belgilangan bo‘lmog‘i lozim. Mehnat shartnomasida mehnat vazifasini ish beruvchi joylashgan yerdan, tashkilotning alohida tuzilmasidan (shu jumladan boshqa erda joylashganlaridan) ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida bo‘lgan statsionar ish joyidan, hududdan yoki obyektdan tashqarida bajarishdan iborat bo‘lib, mazkur mehnat vazifasini bajarish hamda uni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirish uchun axborot-telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish shart bo‘ladi.
Xodimni ishga qabul qilishda, xodim odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga o‘tkazilgan taqdirda masofadan turib ishlash rejimi belgilanishi mumkin. Bunda ish beruvchida ishlayotgan shaxsning avvalgi mehnat vazifasini davom ettirgan holda odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga o‘tkazilishi mehnat shartlarining o‘zgarishidir. Xodimning odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga o‘tkazilishi, agar bunda xodimning mehnat vazifasi o‘zgarsa, boshqa ishga o‘tkazish hisoblanadi. Ana shunday shartlarda tomonlarning o‘zaro roziligiga erishilar ekan, masofadan turib ishlash uchun shartnomani imzolashlari mumkin.

Manbalar asosida S.Davlatova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun