O‘rganish ishlari olib borildi

Date:

YUNICEF xalqaro tashkiloti bola huquqlarini himoya qilish bilan bir qatorda dunyodagi barcha bolalarning munosib shart-sharoitlarda yashashi, ta’lim-tarbiya olishi uchun qayg‘uradi, doimiy nazorat olib boradi. Ushbu xalqaro tashkilotning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasini O‘zbekiston Respublikasi ham qabul qilgan bo‘lib, qonunlarimizning bola huquqlari to‘g‘risidagi qismi ham ayni shu konvensiya asosida ishlab chiqilgan.
Yurtimizda yoshlarning munosib ta’lim-tarbiya olishi uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan. Bunda bolalarning qaysi millat va elat farzandi ekanligidan qat’iy nazar bir ko‘z bilan ko‘riladi.

Holatni kuzatish maqsadida YUNICEF xalqaro tashkilotining ta’lim bo‘yicha mas’ul vakillari Termiz shahridagi 3- hamda 13-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lishdi.
Hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyihalar yuzasidan bir guruh mutaxassislar umumta’lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib borishdi. Xususan, ushbu maktablarda afg‘on fuqarolarining farzandlariga o‘tilayotgan darslar, yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar faoliyati hamda maktab psixologlarining kooreksion mashg‘ulotlari bilan tanishdilar.
Tanishuv o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda pedagoglar bilan samimiy suhbatga ulandi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun