Zamonaviy issiqxona tashkil etiladi

Date:

Voha tuprog‘i unumdor, iqlimi esa ekin ekishga ayni qulay hudud bo‘lgani uchun ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga keng e’tibor qaratilgan. Ana shunday jihatlarni inobatga olgan xorijlik ishbilarmon va investorlar ham sohaga mablag‘ tikib, hamkorlikda ishlashni taklif etishayotgani, shu sababdan ham qator loyihalar amalga oshirilayotgani fikrimiz isbotidir.
Angor tumani hokimi Qosim Mardonov “Tanovar Surxon” MCHJ xorijiy korxonasi ta’sischisi Gorpinchenko Pavel Vasilyevich ayni maqsadda uchrashdi.
Xorijiy korxona faoliyatini kengaytirish maqsadida yengil konstruksiyali issiqxona qurishni reja qilmoqda. Uchrashuv davomida issiqxona qurilishi loyihasi bo‘yicha muzokara olib borildi. Unda ikki tomonlama kelishuv asosida kelgusi rejalar loyihasi tasdiqlab olindi.
Korxona tomonidan 2023-2024-yillar davomida qiymati 5 million dollarlik zamonaviy issiqxona tashkil etiladigan bo‘ldi. Natijada qo‘shimcha 150 ta ish o‘rni yaratishi vohadoshlarimizning bandligini ta’minlash uchun eng yaxshi imkoniyat. Bu bilan esa yiliga 1,5 million dollarlik eksport amalga oshirishi belgilangan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun