“MARDLAR MAYDONI”: TERMIZDA XALQARO KURAŞ TURNIRI ÖTKAZILADI

Date:

Kuraş — xalqimizning milliy qadriyatlari, mardlik, jasorat va halollik timsoli. Asrlar davomida avloddan avlodga ötib kelayotgan ushbu sport turining xalqaro miqyosdagi nufuzini oşiriş, uni keng tarğib etişda yurtimizda muhim musobaqalar taşkil etilmoqda.

Ana şunday nufuzli bellaşuvlardan biri buyuk alloma Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bağişlangan “Mardlar maydoni” xalqaro oçiq kuraş turniridir. Musobaqa oldidan Termiz şahrida jurnalist va blogerlar iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.

Unda Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi, 10 dan ortiq xorijiy davlatlar kuraş federatsiyalari vakillari, jurnalist va blogerlar qatnaşdi. Anjumanda Özbekiston kuraş federatsiyasi raisi örinbosari Uyğun Umarov, federatsiya hakamlar hay’ati raisi Hasan Kurtov hamda boşqa mas’ullar musobaqaning taşkiliy jihatlari, iştirokçilar tarkibi va bellaşuvlar tartibi yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.

Turnir Surxondaryo viloyati hokimligi, Sport vazirligi, Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi, Boş prokuratura hamda Özbekiston kuraş federatsiyasi hamkorligida taşkil etilmoqda. 20–22-noyabr kunlari Termiz şahridagi “Alpomiş” sport majmuasida bölib ötadigan musobaqada 15 dan ortiq davlatdan 60 nafarga yaqin polvon hamda Surxondaryodan 90 nafar sportçi iştirok etişi kutilmoqda. Bellaşuvlar -73 kg, -81 kg va +90 kg vazn toifalarida ötkaziladi.

Musobaqaning nufuzini uning mukofot jamğarmasi ham namoyon etadi. Ğolib va sovrindorlar uçun jami 42 ming AQŞ dollari miqdorida mukofot puli ajratilgan. Şundan +90 kg vazn toifasida ğoliblik uçun 20 ming dollar, qolgan ikki vazn toifasining har biri uçun esa 11 ming dollardan mukofot belgilangan.

Mazkur xalqaro turnir nafaqat polvonlarning mahorati va kuçini sinovdan ötkazadigan sport musobaqasi, balki milliy kuraşimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltiriş, turli mamlakatlar sportçilari örtasidagi döstlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim tadbirdir.

Anjuman yakunida jurnalist va blogerlar özlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javob oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“MARDLAR MAYDONI”: TERMIZDA XALQARO KURAŞ TURNIRI ÖTKAZILADI

Kuraş — xalqimizning milliy qadriyatlari, mardlik, jasorat va halollik...

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...
KunTun
KunTun