Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy qism tomonidan “Armiya bilan xalq – bir tanu bir jon!” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchilarga milliy armiyamiz salohiyati, harbiy xizmatchilarning sharafli va mas’uliyatli xizmati, Vatanga sadoqat hamda yurt tinchligini asrashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, harbiylar tomonidan jangovar qurol-aslahalar namoyish etilib, ularning imkoniyatlari va foydalanish tartibi haqida ma’lumot berildi.

