Baxshilarimiz Sirdaryoda…

Date:

Baxshining xonishini tinglab ulg‘aygan voha vakillari uchun do‘mbiraning ovozi, ohangga hamohang misralar qandaydir qadrli, dilga yaqin va yoqimli tuyiladi. Har bir hududning o‘z dostonchilik baxshichilik maktabi bor. Ammo, surxoncha aytimlarga teng kelmasligini surxondaryoliklar yaxshi bilishadi. Bir necha yil avval xalqaro Baxshichilik festivali Surxondaryo viloyatidan boshlangan bo‘lsa, bu galgisi Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bo‘lib o‘tayotir.
Ha, Guliston shahri ham festivalga o‘ziga xos tarzda tayyorlanib, nafaqat respublikamizning turli hududlaridan, balki dunyo ahlini chorlab, mezbonlik xizmatida. Festivalda 40 dan ortiq xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan baxshichilik sanʼatiga doir 30 nafardan ziyod musiqa ijrochilari tashrif buyurgan.
Har bir viloyatning o‘ziga xos ko‘rinishi gavdalantirilgan bir paytda Surxondaryo viloyati uchun ajratilgan nuqtada vohamizning folklor jamoalari vakillari, qo‘li gul hunarmandlar va mohir oshpazlari o‘zlarining mahorat va san’atlarini ko‘rsatishayotir.


Kichik bir pavilyonda Surxondaryo viloyatining o‘ziga xos madaniy hayoti aks etgan. Qolaversa, milliy urf-odat va anʼanalarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, madaniy meros obyektlari maketi tomosha qilganlarni Surxondaryoga olib kelgandek taassurot uyg‘otadi. Ayniqsa, azaliy pazandalik hamda mehmonnavozlik namunalari, baxshilar, folklor jamoalarning kuy-qo‘shiq va sho‘x raqslari barchani o‘ziga qaratib, maftun etayotgani rost.
8-may kuni yakunlanadigan festivalda esa baxshilarimizdan yuqori natijalarni kutib qolamiz.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktab quvvati 180 o‘ringa kengayadi

Ta'lim infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalar nafaqat yangi binolar, balki...

Umrga tatigulik saboq

Atrof-muhitga mas'uliyatli munosabatni shakllantirish, eng avvalo, bolalik davridan boshlanadi....

Xavfsizlik — mas’uliyat

Yo‘l harakati xavfsizligi faqat qoidalarga rioya qilish emas, balki...

Fuqarolik jamiyati rivoji — samarali hamkorlikdan boshlanadi

Fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki davlat va jamiyat o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun