Talaba bo‘lishda yengillik

Date:

Bir necha yil avval oliy ta’limga o‘qishga kirishda maktabda to‘plangan ballar ham hisobga olinishi haqida xabar tarqalgan edi. Ammo, bir necha kirish imtihonlari o‘tsa hamki, bunday tartib joriy etilmadi. Abituriyentlar sifatida yaxshi yangilik sifatida aytish mumkinki, bu yildan boshlab kirish imtihonlarida maktabda to‘plangan yakuniy baholar hisobga olinadi.
Ya’ni universitetga kirish ballariga 11 yillik o‘qishning oxirgi 6 yilidagi maktabni bitirganlik to‘g‘risidagi guvohnomadan olingan baholar qo‘shiladi. Bu qanday hisoblanadi deyishingiz mumkin. Buning yo‘li oson, yillik baholar yig‘indisini fanlar soniga bo‘lish kifoya. Ana shunday hisoblangan ball sizni talaba bo‘lish baxtiga muyassar qilishi mumkin.
Ha aytgancha, ballar reyting tizimiga quyidagicha tarjima qilinadi:

86-100% — 5 ball;

71-85% — 4 ball;

56-70% — 3 ball;

56% gacha — 2 ball.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun