Ikkita noyob hayvondan nasl olindi

Date:

Termiz hayvonot bog‘iga borib, hayvonlarning tomoshasiga tutinamiz. Ilonlarning pisib yotishidan sal hayiqsak, qushlarning chug‘uri quloqni qomatga keltiradi. Ayiq polvonga yegulik berib, zavqlansak, chiya bo‘ri-yu, sherning na’rasidan sergaklanamiz. Ona tabiatning bir bo‘lagi jam bo‘lgan ushbu hayvonot bog‘i kishida olam-olam taassurotlar, estetik xordiq beradi.


U yerdagi yangiliklar esa albatta, hech kimni befarq qoldirmasa kerak. Hayvonot bog‘ida parvarish qilib kelinayotgan Afrika yoldor qo‘yi va yana bir noyob hayvon, “O‘zbekiston Qizil kitobi”ga kiritilgan Buxoro tog‘ qo‘yi bolalagani quvonchli hodisa. Tutqunlikda ko‘payishi qiyin bo‘lgan ushbu noyob jonivorlardan nasl olinishi haqiqatan ham hayratlanarli yangilikdir. Ushbu noyob qo‘y turlari ayni paytda onalarining g‘amxo‘rligi ostida parvarish qilinmoqda. Mittigina jonivorlarni ko‘rishga ishtiyoq tug‘ilgan bo‘lsa, uning tomoshasiga shoshni tavsiya etgan bo‘lardik.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xo‘jayipok ziyoratgohi yangilanadi

Ziyoratgoh va tarixiy maskanlarni obodonlashtirish yoshlar uchun ma’naviy tarbiya...

Hamkorlik samarali kechmoqda

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoshlar uchun yangi...

Hosildorlik va sifat muhim

Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar yoshlar uchun yangi...

Tashabbus, imkoniyat va sifat

Hududlarda zamonaviy tibbiyot maskanlarining barpo etilishi yoshlar va mahalliy...
KunTun
KunTun