Aliment to‘lamagan jamoat ishlariga majburiy jalb qilinadi

Date:

Ayollar va bolalar huquqlari yanada mustahkamlanayotgani jamiyat hayotida ularning huquqlari, umuman taqdiriga befarq emaslikni ko‘rsatadi. Farzandni dunyoga keltirib qo‘yib, uning alimentidan qochadigan otalar uchun endi yanada qat’iy choralar ko‘riladi. O‘zbekistonda qabul qilingan yangi qonun bilan aliment to‘lamagan shaxs haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilinishi belgilab qo‘yildi. Olgan haqining teng yarmi esa aliment oluvchiga beriladi.
Hali bu hammasi emas, yurtimizda ajrimlar, oilaviy nizolarning oldini olish uchun juda ko‘plab chora-tadbirlar qo‘llanildi. So‘nggi chora sifatida himoya orderlarining berilganidan ham xabardormiz. Bu holatlar kimlargadir naf berdi, kimlargadir esa yo‘q. Natija esa ijtimoiy tarmoqlarda erkakning ayolini samosud qilayotgani, ayollarning o‘zini yoqib yuborgan yoki joniga qasd qilgan holatlari tushirilgan videolarning tarqalib ketishi bilan yakunlanayotgani ayanchli.
Yangi qonun esa ana shunday kayfiyatdagi erkaklarni biroz sergaklantirsa, ajab emas. Ushbu qonunga asosan esa O‘zbekistonda er yoki xotin turmush o‘rtog‘ining o‘z huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa yoki tahqirlasa, qo‘rqitsa, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘ysa, qilmishning og‘irlik darajasidan kelib chiqib, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Bordi-yu, shaxs o‘z turmush o‘rtog‘ini haqoratlab, qadr-qimmatini tahqirlasa, 6 million so‘m jarimaga tortilishi, g‘arazli niyatlar bilan kaltaklab, badaniga og‘ir tan jarohati yetkazsa, 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi belgilandi. Ko‘ramiz, shundan keyin ham bunday holatlar kuzatilarmikan? 6 million so‘m jarima to‘lagan er xotinini kaltaklashdan oldin o‘ylab ko‘rar, 12 yillik umrini xazon qilish fikridan qaytar… yana kim biladi…

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Keng qamrovli hamkorlik – yangi bosqichda

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosat sohasida faol va muvozanatli...

Ehsonning mukofoti ehsondir

Insoniyat tarixida ezgulik, adolat va rahm-shafqatni eng mukammal tarzda...

Pensiya murojaatsiz tayinlanadi

2025-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№1066) bilan bir...

Maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlmang

Prezidentning 2025-yil 15-may kuni imzolagan qarori (№PQ–184) asosida 2030-yilgacha...
KunTun
KunTun