Jarayonlar monitoring qilinmoqda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug komissiyasi matbuot markazida viloyatdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing o‘tkazildi. Brifingda 9-Surxondaryo okrug komissiyasi raisi o‘rinbosari Rasul To‘rayev ishtirokchilarga ushbu muhim siyosiy jarayonga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida maʼlumot berdi.


Aytish kerakki, okrug komissiyasining muayyan tuman yoki shaharga biriktirilgan har bir aʼzosi o‘sha yerlardagi seminar-treninglarning o‘tkazilish jarayonini monitoring qilib, sifati va davomatga alohida ahamiyat berib bormoqda. Qolaversa, joylarda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosarlari va kotiblari, uchastka komissiyalarining boshqa aʼzolari o‘quvlari o‘tkazilmoqda. Okrug hududidagi barcha uchastkalar jihozlanib, ovoz beruvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilayotir.
Brifingda referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tarkibi, ular uchun tashkil etilayotgan o‘quv seminarlari va uchastka komissiyalari aʼzolarining ayni kunlarda olib borayotgan ishlari xususida atoflicha axborot berildi.

D.Qo‘zimurodova,
N.Muhibulloyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun