Ilmga eltuvchi yo‘l

Date:

Har qanday millatning intellektual darajasiga o‘sha yurtda chop etiladigan bosma ommaviy axborot nashrlari, kitoblarning salmog‘i va mutolaa qobiliyatiga qarab baho beriladi. Tan olish kerak, ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda kitobni nashr qilish sanoati rivoj topib, aholi orasida mutolaa madaniyati ancha o‘sdi. Buni kitob do‘konlarida sotilayotgan yuzlab nomdagi milliy va chet el adabiyotiga xos badiiy asarlarga nisbat berib aytish mumkin. Sirasini aytganda, bugungi kitobxon kitob do‘konidan o‘zini qiziqtirgan istagan asarni topib o‘qishi mumkin. Gap kitobxonlarning shijoatida.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrda qabul qilingan “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Temiz davlat universitetida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ga start berildi.


Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat Axborot-kutubxona markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Termiz davlat universiteti, viloyat tizim kutubxonalari hamkorligida tashkil etilgan “Kitobxonlik haftaligi” kitob saylida talaba-yoshlar va ustozlar ishtirok etdi.
Har yili o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxonlik haftaligi” tadbiri Respublika aholisi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitob mutolaasini kengroq targ‘ib qilishda qo‘l kelmoqda.
Hozirgi globallashuv sharoitida kitobning ahamiyatini yanada oshirish hamda xonadonlardagi javonlardan o‘rin olishligi bugungi kunning davr talabidir. Zero kitob beradigan maʼnaviy ozuqani boshqa hech bir nima berolmaydi. Internet, uyali telefon, mobil texnika kabi aloqa vositalari qanchalik rivojlanmasin, kitobning o‘rnini bosa olmaydi.
Shunday ekan aziz yurtdoshlar, “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok eting! Tadbir 15-aprelga qadar davom etadi.

Xolmuhammad TOG‘AYMURODOV,

Naimullo MUHIBULLOYEV

(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatchilarga asalarichilik sirlari o‘rgatilmoqda

Asalarichilik — mehnatsevarlik, sabr va mas’uliyatni talab etadigan, insonni...

Sariosiyodagi 94 ta maktabga 325 million so‘m

Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar bugungi kunda...

“Kitob menga har safar yangi kuch beradi”

Men “Yosh kitobxon” tanlovida bir necha bor ishtirok etganman....

Ezgulik karvoni yetkazildi

Insonparvarlik — bu millatning eng yuksak ma’naviy mezoni, og‘ir...
KunTun
KunTun