Jinoyatchilik muhokamasi o‘tkazildi

Date:

Bolaning xulqida, yurish-turishida tarbiyaning aksi yaqqol namoyon bo‘ladi. Ota-ona e’tiborli va talabchan bo‘ldimi, buning mevasini ko‘rganidek, e’tiborsizlikning ham, o‘zbilarmonlarcha berilgan “erkinlik”ning ham mukofoti bor.
Termiz shahrida uch nafar voyaga yetmagan shaxs tomonidan avtomashina olib qochish holati sodir etilgani aslida har bir ota-onani sergaklantirishi, o‘zlariga ba’zi savollarni berishga turtki bo‘lishi kerak. Holat yuzasidan olib borilgan tezkor tergov harakatlari esa mazkur jinoyatni voyaga yetmagan o‘smir yoshlar sodir etganini ko‘rsatdi. Yosh gumonlanuvchilar ushlanib, qamoqqa olindi.

Albatta, jinoyatchilikning bittasi ham ko‘p, jamiyat uchun xavfli. Ayniqsa, bu holat yoshlar orasida sodir etilgan bo‘lsa, uni takrorlanmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Demak, muammoni aniqlash, o‘rganish, yetarlicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish lozim. Shu sababdan ham Termiz shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida mazkur jinoyat masʼullar, jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari ishtirokida muhokama qilindi.
Jinoyatning sodir etilishi sabablari, unga yo‘l ochib bergan omillar, masʼullar va yaqin qarindoshlarning harakat yoki harakatsizligi tahlil qilinib, bolalar tarbiyasida ota-onaning, ayniqsa, otaning, oila aʼzolari bo‘lgan erkak kishilarning roli muhimligi taʼkidlandi. Bu kabi jinoyatlarning kelgusida qayta sodir etilishini oldini olish maqsadida tegishli profilaktik chora-tadbirlar belgilanib, holatning sodir bo‘lishiga sharoit yaratib bergan masʼullar va yaqin qarindoshlarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilishi taʼkidlandi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kurash qizgʻin pallada

“Boysun bahori” turizm kompleksi hududida milliy kurash bo‘yicha qizg‘in...

Turizm sohasida yangi imtiyozlar joriy etiladi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali sohada bir...

Sport va an’analar uyg‘unligida

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali nafaqat milliy urf-odatlar, qo‘shiq...

Gran-pri va Istanbul sari yo‘l!

Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida o‘tkazilgan nufuzli ko‘p yo‘nalishli xalqaro...
KunTun
KunTun