Surxondaryoda 860 ta referendum uchastkasi tuzildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Okrug komissiyasi raisi A.Xo‘jaqulov boshqarib borgan yig‘ilishda okrug hududida referendum o‘tkazuvchi uchastkalarni tuzish masalasi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Referendumi to‘g‘risida”gi qonunida Referendum uchastkalari tumanlar, shaharlar hokimlarining, harbiy qismlarda qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan tuzilishi belgilab qo‘yilgan.


— Qonunchiligimizda referendum uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralari inobatga olinib, referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ko‘proq qulaylik yaratish uchun tuzilishi belgilangan, — deydi okrug komissiyasi raisi Abdusalom Xo‘jaqulov. — Shuningdek, harbiy qismlar, kasalxona va sanatoriylar, boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida, borish qiyin bo‘lgan uzoq hududlardagi aholi punktlarida ham tashkil etiladi. Shunga ko‘ra, bizga taqdim etilgan taqdimnomalar asosida viloyatda 860 ta referendum uchastkasi tuzishga qaror qilindi.

Okrug hududidagi referendum uchastkalarining 685 tasi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida, 58 tasi kollej, litsey va texnikumlarda, 13 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlarida, 19 tasi tibbiyot muassasalari, sanatoriy va dam olish maskanlarida, 7 tasi oliy o‘quv yurtlari binolarida, 25 tasi davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda, 33 tasi adliya, davlat xizmatlari, madaniyat va sport markazlarida, 16 tasi harbiy qism va ozodlikdan mahrum etish muassasalarida, 4 tasi tadbirkorlik subʼektlari binolarida faoliyat yuritadi. Uchastkalar ro‘yxati viloyatdagi ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Yig‘ilishda okrug huzurida matbuot markazini tashkil etish va okrug faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi oliygoh ish boshladi

O‘zbekiston mustaqil, demokratik davlat sifatida o‘z dunyoviy va diniy...

20 nafar yoshga 50 sotixdan…

Bugungi kunda ishsizlik muammo emas. Yurtimizda ishsizlar bandligini ta’minlashning...

Kuniga 50 tonna…

“Temirxotin” filmini ko‘p bor tomosha qilganmiz. O‘sha yillar uchun...

Shartlar o‘zgardi

Albatta, kredit barcha muammolarga munosib yechim va ish boshlovchilar...
KunTun
KunTun