…xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Date:

Yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanganlargina nafaqat o‘ziga, balki hamyoniga ham foyda keltiradi. Foyda bilan boshlangan ishda esa unum bo‘ladi. Yurtimizda harakat qilgan, o‘zi va o‘zgalarga foyda keltiradigan g‘oyalari bor tadbirli kimsalar borki, doimo qo‘llab-quvvatlovda. Hukumat qarori (122-son, 23.03.2023-y.) bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlandi. Ushbu nizomga ko‘ra, yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda oilasi tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha, ya’ni 30 million so‘mgacha miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladigan bo‘ldi.
Imtiyozli toifadagi shaxslarning oxirgi 12 oy davomida o‘zi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud bo‘lmasligi lozim. Qolaversa, xarid qiladigan yer uchastkasi oxirgi 3 oy ichida auksion orqali xarid qilingan va O‘zbekiston hududida bo‘lishi shart. Talabgor ana shu mezonlarga muvofiq kelsagina auksion orqali yer uchastkasi sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

Manbalar asosida H.Baxtiyorova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun