Sariosiyo o‘g‘loni g‘olib… mi?

Date:

Harbiy salohiyatimiz qanchalik kuchli ekanini harbiy xizmatchilarning tayyorgarligi, mahorati ko‘rsatib beradi. Albatta, ularga berilgan baho armiyamizga berilgan bahodir. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi, Sariosiyo o‘g‘loni Azamat Kenjayev ham ana shunday xizmatga bel bog‘laganlardan biri. U AQShning Missisipi shtati, Camp Shelby harbiy o‘quv bazasida o‘tkazilgan «Eng ilg‘or jangchi-2023» musobaqasida ishtirok etdi.

Dunyodagi eng kuchli, eng ilg‘or jangchilar kuch sinashadigan maydonda boshlangan bellashuv butun dunyo hamjamiyati e’tiborida bo‘ldi. Albatta, erishiladigan natija barcha uchun muhim ahamiyatga ega. Musobaqa davomida ishtirokchilar turli sinovlardan o‘tishlariga to‘g‘ri keldi. Jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni ko‘rsatguvchi mashg‘ulotlardan chiniqqan, kuchlilargina o‘ta oldi. Tunda 15 kilometr masofaga oriyentirlash, 15 kilogramm yuk bilan 20 kilometr masofaga marsh yugurish, jangovar va umumiy tayyorgarlik bo‘yicha test sinovlari, insho yozish kabi vazifalar bajartirildi.
Azamat Kenjayev ham ana shunday sinovlarda sinashta bo‘ldi. Ayniqsa, 15 kilogramm yuk bilan 20 kilometr masofaga marsh yugurish shartini 1 soat 54 daqiqa ichida bajarib, musobaqa rekordini yangiladi va yuqori natijani qayd etib, g‘oliblar safida bo‘ldi.

Hilol

Oldingi sahifaMEHR
Keyingi sahifaBirinchi o‘ringa munosib…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun